
«Yoshlar» radiokanalining FM.104.0 to‘lqinlarida jonli efirga uzatilgan dasturda Aksiyadorlik jamiyati matbuot kotibi — axborot siyosati masalalari bo‘yicha maslahatchi U. P. Urunov O‘zbekiston Respublikasi energetika sohasida amalga oshirilayotgan islohotlar, mamlakatimizda ishga tushirilgan birinchi energetika obyektining bir asrlik tarixiga oid maʼlumotlarhaqidaradiotinglovchilarga axborot berdi.
► 2021–2025-yillarda umumiy quvvati 5 582 megavattga teng bo‘lgan 15 ta quyosh va 5 ta shamol elektr stansiyasining ishga tushirilishi “yashil” energetikani jadal rivojlantirishda muhim qadam bo‘ldi. Birgina quyosh va shamol elektr stansiyalar hisobidan 2025-yilda 10,5 milliard kVt⋅soat elektr energiyasi ishlab chiqarilgan bo‘lsa, joriy yil yakuniga qadar qariyb 15 milliard kVt⋅soat ishlab chiqarish reja qilinmoqda. Shu bilan birga, umumiy quvvati 8 ming megavattdan ortiq bo‘lgan zamonaviy, energiya tejamkor issiqlik elektr stansiyalari ishga tushirildi. Gidroelektr stansiyalari quvvati 2 ming 400 megavattdan oshirildi.
Elektr tarmoqlarini rivojlantirish borasida ham salmoqli ishlar amalga oshirildi. Xususan, 110–500 kVli 2 123 km elektr uzatish tarmoqlari qurildi, yuqori kuchlanishli podstansiyalarning quvvati 12 608 MVAga oshirildi. Shuningdek, 77 ming km elektr uzatish tarmoqlari hamda 24 mingdan ziyod transformator punktlari yangilandi. Amalga oshirilgan ishlar natijasida 3,5 milliondan ortiq iste’molchilarning elektr ta’minoti yaxshilandi.
Albatta, bu ishlar bilan cheklanib qolmasdan, mavjud kamchiliklarni bartaraf etish va tizimni yanada rivojlantirish bo‘yicha izchil ishlar davom ettirilmoqda. Joriy yil yakuniga qadar yana qator yangi generatsiya quvvatlari, podstansiyalar, minglab kilometr elektr tarmoqlari hamda zamonaviy transformator punktlari qurilishi va ishga tushirilishi rejalashtirilgan.
‖ Facebook ‖ Инстаграм ‖ YouTube ‖
«O‘zbekiston MET» AJ Axborot xizmati
http://t.me/uzmetaxborotxizmati