
Ijtimoiy tarmoqdagi telegram messenjeri kanalida "Qashqadaryo magistral elektr tarmoqlari" filiali elektr montyorlari nomidan yozilgan jamoaviy murojaatga navbatdagi izoh.
O'zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 17-dekabrdagi "Uzatish va taqsimlash tizimlarini rivojlantirish va tartibga solish chora-tadbirlari to'g'risida"gi VMQ-844-son qaroriga asosan "Hududiy elektr tarmoqlari" AJ "Qashqadaryo HET" filiali boshqaruvidagi 186 ta 35-110 kV kuchlanishdagi yuqori kuchlanishli podstansiya hamda 3489,77 km elektr tarmoqlari "O'zbekiston milliy elektr tarmoqlari" AJ "Qashqadaryo magistral elektr tarmoqlari" filiali tasarrufiga o'tkazilgan.
186 ta podstansiyalardan 161 tasidagi 381 nafar navbatchi va xizmat ko'rsatuvchi elektr montyorlari ham o'z ish joylari bilan ishga qabul qilingan.
Shundan 64 dona 110 kV kuchlanishli podstansiyada 207 nafar navbatchilar va 28 tasida 4 nafardan xizmat ko'rsatuvchi elektr montyorlari ishlab kelgan.
Hozirgi kunda 25 ta podstansiyada navbatchi xodimlar ishini tashkil etish zaruriyati tug‘ilgan bo‘lib, ushbu masalani hal etish maqsadida yangi xodimlarni ishga qabul qilish va tayyorlash ishlari jadal olib borilmoqda.
2025-yil davomida va 2026-yilning hozirgi kungacha 10 nafar navbatchi elektr montyorlari o‘z xohishiga ko‘ra mehnat shartnomasini bekor qilgani uchun ularning o'rniga yangi xodimlar ishga qabul qilingan hamda navbatchilikka tayyorlash (o'qitish, avariya va yong'inga qarshi amaliy mashg‘ulotlar o‘tkazish, dublyorlikda turish) ishlari muvaffaqiyatli olib borilgan, bu kabi ishlar davom ettirilmoqda.
Shuningdek, filial tomonidan barcha podstansiyalarda xizmat ko‘rsatuvchi xodimlarga belgilangan meʼyorlar asosida shaxsiy himoya vositalari o‘z vaqtida va to‘liq berilib borilmoqda. Himoya vositalarining texnik holati davriy ravishda tekshirib boriladi va xodimlar xavfsizlik qoidalari bo'yicha muntazam o‘quv mashg‘ulotlari va instruktajlardan o‘tkazilmoqda.
‖ Facebook ‖ Instagram ‖ YouTube ‖
«O‘zbekiston MET» AJ Axborot xizmati
http://t.me/uzmetaxborotxizmat
❗️"QASHQADARYO MAGISTRAL ELEKTR TARMOQLARI" FILIALI