

LIVE
JARAYON | "Nur posbonlari" qisqa metrajli filmning suratga olish jarayoni
⚡️ YANGILIK: "O‘zbekiston milliy elektr tarmoqlari" aksiyadorlik jamiyati boshqaruvi rasining tashabbusi bilan "Kasb masʼuliyati" turkumi ostida qisqa metrajli filmlar suratga olinmoqda.
⚡️ Dastlabki suratga olish lokatsiyasi 220 kV kuchlanishli "Adolat" podstansiyasi va undan chiquvchi yuqori kuchlanishli elektr tarmog‘i bo‘lib, qahramonlarimiz energetika obyektiga xizmat ko‘rsatuvchi navbatchi muhandis va elektr montyorlar bo‘ldi.
✔️ Kasb masʼuliyati va mashaqqati haqidagi mediamahsulot "O‘zbekiston" telekanali (tender tanlovi g‘olibi) ijodkorlari bilan hamkorlikda suratga olinmoqda.
Obyektiv nishonida: Galina Kakryakova, 220 kV kuchlanishli "Adolat" podstansiyasi navbatchi muhandisi; Anvarjon Jo‘rayev, Havo tarmoqlari xizmati Olmaliq guruhi elektr montyori.
⚠️ Suratga olish jarayonida xavfsizlik texnikasi talablariga rioya etildi.
‖ Facebook ‖ Инстаграм ‖ YouTube ‖
«O‘zbekiston MET» AJ Axborot xizmati