

Avval habar berganimizdek, 2026-yil 2–6-may kunlari Samarqand shahrida Asian Development Bankning 59-yillik Annual Meeting xalqaro anjumani bo‘lib o‘tdi. Mazkur nufuzli tadbirda Osiyo va Tinch okeani mintaqasidagi davlatlar hukumatlari, xalqaro moliya institutlari, energetika kompaniyalari, investorlar va yirik xorijiy tashkilotlar vakillari ishtirok etdi.
Tadbir “Crossroads of Progress: Advancing the Region’s Connected Future” mavzusi ostida tashkil etildi. Anjuman doirasida mintaqaviy integratsiya, energetika xavfsizligi, raqamli infratuzilmani rivojlantirish, “yashil” iqtisodiyotni qo‘llab-quvvatlash hamda investitsiyaviy hamkorlikni kengaytirish masalalari yuzasidan keng qamrovli muhokamalar o‘tkazildi.
“O‘zbekiston milliy elektr tarmoqlari” AJ delegatsiyasi mazkur xalqaro tadbirda faol ishtirok etib, xorijiy investorlar, xalqaro moliya institutlari va strategik hamkor tashkilotlar bilan qator ikki tomonlama uchrashuv va muzokaralar o‘tkazdi.
Shuningdek, xizmat safari doirasida Shvetsiya tashqi ishlar vazirligi bosh direktor o‘rinbosari Akserup Tobias boshchiligidagi delegatsiyaga ham hamrohlik qilinib, Jamiyat Boshqaruv raisi o‘rinbosari Feruz Qurbonov tomonidan rasmiy kutib olish va tashkiliy ishlar amalga oshirildi.
Xizmat safari davomida:
— memorandum va kelishuvlarni imzolash;
— energetika va infratuzilma sohalariga oid xalqaro tadbirlarda ishtirok etish;
— xalqaro moliya institutlari va xorijiy investorlar bilan muzokaralar o‘tkazish;
— Jamiyatning investitsiyaviy salohiyati hamda istiqbolli loyihalarini xalqaro hamjamiyatga taqdim etish masalalariga alohida e’tibor qaratildi.
Jumladan, 2026-yil 3-may kuni Energetika vazirligi delegatsiyasi hamda ACWA Power kompaniyasi rahbariyati ishtirokida hamkorlikda amalga oshirilayotgan investitsiya loyihalarining joriy holati, ularni amalga oshirish jarayoni va istiqbolli hamkorlik yo‘nalishlariga bag‘ishlangan yig‘ilishda ishtirok etildi.
Shu kuni Asian Development Bank tomonidan tashkil etilgan:
— “How Capital Markets Can Drive Development across Asia and the Pacific: CAREC–ASEAN Pathways and Lessons for the Region”;
— “Scaling up Investments for Critical Minerals-to-Manufacturing Value Chains”;
— “Connecting Asia and the Pacific: The Digital Highway for Inclusive and Trusted Growth”
mavzularidagi xalqaro seminarlarda ham ishtirok etildi.
Mazkur seminarlarda kapital bozorlarini rivojlantirish, raqamli infratuzilma, mintaqaviy integratsiya, muhim mineral resurslar zanjirini rivojlantirish va investitsiyaviy hamkorlikni kengaytirish masalalari muhokama qilindi.
2026-yil 4-may kuni Standard Chartered Bank vakillari Lucy Rahal hamda Charles Corbett bilan ishchi uchrashuv o‘tkazildi. Uchrashuv davomida bridge loan moliyalashtirish mexanizmi, loyihalarning joriy holati, Multilateral Investment Guarantee Agency (MIGA) talablariga muvofiqlik, ekologik masalalar hamda amalga oshirilayotgan investitsiya loyihalari doirasidagi boshqa muhim yo‘nalishlar atroflicha muhokama qilindi.
Shu kuni OTB Boshqaruvchilar kengashining rasmiy ochilish marosimi — Opening Session of the Board of Governors yig‘ilishida ham ishtirok etildi.
2026-yil 5-may kuni Agence Française de Développement (AFD) hamda “O‘zbekiston milliy elektr tarmoqlari” AJ o‘rtasida energetika tizimini rivojlantirish va qayta tiklanuvchi energiya manbalarini milliy tarmoqqa integratsiya qilish masalalari bo‘yicha muzokaralar o‘tkazildi. Uchrashuv yakunlari bo‘yicha tomonlar o‘rtasida hamkorlikni kengaytirishga qaratilgan o‘zaro anglashuv memorandumi (MoU) imzolandi.
Bundan tashqari:
— “From Forests to Finance: How Breakthrough Technologies Can Empower Farmers and Inspire Nature Investments”;
— “Pan-Asia Corridors — Driving Resilient Connectivity and Economic Competitiveness”
mavzularidagi xalqaro seminarlarda ishtirok etildi.
2026-yil 6-may kuni Asian Development Bankning RBL (Results-Based Lending) tamoyillari asosida moliyalashtirilayotgan “35–110 kV kuchlanishli podstansiyalar va taqsimlash tarmoqlarini modernizatsiya qilish” loyihasi bo‘yicha Fact Finding Mission yakunlandi. Mazkur missiya doirasida “O‘zbekiston milliy elektr tarmoqlari” AJ, O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirligi, Investitsiyalar, sanoat va savdo vazirligi hamda OTB o‘rtasida kelgusi strategik qadamlarni belgilab beruvchi Aide Memoire hujjati imzolandi.
♦ Xizmat safari yakunida Jamiyatning xalqaro investitsiyaviy nufuzini yanada mustahkamlash, xorijiy investorlar va xalqaro moliya institutlari bilan hamkorlik aloqalarini kengaytirish, shuningdek, mamlakatimiz energetika sohasida amalga oshirilayotgan islohotlar va investitsiya loyihalarini xalqaro hamjamiyatga keng taqdim etish bo‘yicha samarali natijalarga erishildi.
► Mazkur xizmat safari “O‘zbekiston milliy elektr tarmoqlari” AJning xalqaro hamkorlik aloqalarini yanada mustahkamlash, yangi investitsiyalarni jalb qilish hamda elektr energetikasi sohasidagi ustuvor loyihalarni amalga oshirishda muhim ahamiyat kasb etdi.
‖ Facebook ‖ Инстаграм ‖ YouTube ‖
«O‘zbekiston MET» AJ Axborot xizmati