

O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining 2026-yil 27-yanvardagi 1-XDFU-son hamda Namangan viloyati hokimining 28-yanvardagi FM-4-sonli buyruqlariga asosan, 12–14-may kunlari Davlatobod tumanida o‘quv mashqlari o‘tkazildi.
⇒ Mazkur o‘quv mashqlari “Boshqaruv organlari, FVDT hududiy va funksional quyi tizimlarining favqulodda vaziyatlarni bartaraf etish bo‘yicha harakatlari” mavzusida o‘tkazilib, unda favqulodda holatlarda tezkor va samarali harakat qilish ko‘nikmalarini mustahkamlashga alohida e’tibor qaratildi.
O‘quv mashqi doirasida “Namangan magistral elektr tarmoqlari” filiali tasarrufidagi 220/110/10 kV kuchlanishli “Sardor” podstansiyasi 200 000 kVA quvvatli avtotransformator "B" faza 110 kV kiritgichida yuzaga kelgan shartli shkastlanish va hosil bo‘lgan yong‘inni bartaraf etish bo‘yicha maxsus-taktik mashg‘ulot amalga oshirildi.

► Mashg‘ulot davomida mutaxassislar tomonidan favqulodda vaziyatlarni bartaraf etish, texnik xavfsizlikni ta’minlash, tezkor hamkorlikni yo‘lga qo‘yish hamda energetika obyektlarining barqaror ishlashini tiklash bo‘yicha amaliy harakatlar sinovdan o‘tkazildi.
♦ Bunday o‘quv mashqlari energetika tizimida xavfsizlikni ta’minlash, xodimlarning malakasini oshirish hamda favqulodda vaziyatlarga doimiy tayyorgarlikni mustahkamlashda muhim ahamiyat kasb etadi.
‖ Facebook ‖ Instagram ‖ YouTube ‖
«O‘zbekiston MET» AJ Axborot xizmati
http://t.me/uzmetaxborotxizmati
“Namangan magistral elektr tarmoqlari” filiali kanaliga obuna bo‘ling!