2019–2024-yillardagi maʼlumotlar ushbu havolada    arxiv.uzbekistonmet.uz
Yangiliklar
TOSHKENT SHAHAR: 220/110/35/10/6 kV kuchlanishli “Yuksak” podstansiyasi — O‘zbekistondagi *birinchi zamonaviy energetika obyekti
  • 15.05.2026
  • 10

LIVE

JARAYON | 220/110/35/10/6 kV kuchlanishli “Yuksak” podstansiyasi — O‘zbekistondagi *birinchi zamonaviy energetika obyekti

⚡️ YANGILIK: "O‘zbekiston milliy elektr tarmoqlari" aksiyadorlik jamiyati boshqaruvi rasining tashabbusi bilan Aksiyadorlik jamiyati tomonidan amalga oshirilayotgan modernizatsiya-rekonstruksiya, qurilish-montaj, taʼmirlash-sozlash ishlari haqida "Magistral elektr tarmoqlaridagi loyihalar" turkumi ostida maxsus reportajlar suratga olinmoqda.

► Dastlabki suratga olish lokatsiyasi Toshkent shahridagi 220/110/35/10/6 kV kuchlanishli “Yuksak” podstansiyasining elegaz izolyatsiyali komplekt taqsimlash qurilmasi bo‘ldi. Mazkur obyekt O‘zbekistondagi birinchi ixcham hamda zamonaviy texnologiyalar jamlanmasidan iborat *220 kV dan 6 kV kuchlanishgacha uzatish va taqsimlash energetika obyekti hisoblanadi.

 ✔️ O‘zbekiston energetika sohasi, xususan elektr energetika tarmog‘idagi yirik investitsion loyihalar haqidagi mediamahsulot "O‘zbekiston" telekanali (tender tanlovi g‘olibi) ijodkorlari bilan hamkorlikda suratga olinmoqda.

⚠️ Suratga olish jarayonida xavfsizlik texnikasi talablariga rioya etildi. 

‖ Facebook ‖ Инстаграм ‖ YouTube ‖

«O‘zbekiston MET» AJ Axborot xizmati 

http://t.me/uzmetaxborotxizmati