

♦ 110/10 kV kuchlanishli “Jomboy” podstansiyasida V-Yoshlik fiderida joriy ta’mirlash ishlari amalga oshirilib, releli himoya qurilmalarining ishlash holati tekshirildi.
♦ 110/10 kV kuchlanishli “MJO” podstansiyasida V-Barot fiderida aniqlangan texnik nosozlik bartaraf etildi hamda uskunalarning barqaror ishlashi ta’minlandi.
♦ 110/35/10 kV kuchlanishli “Darg‘om” podstansiyasida T-2 transformatorida mukammal ta’mirlash ishlari olib borilmoqda. Jarayon davomida transformatorning asosiy texnik qismlari ko‘rikdan o‘tkazilib, zarur ta’mirlash va tiklash ishlari bajarilmoqda.
⚡️ Barcha texnik tadbirlar mutaxassislar tomonidan belgilangan tartib asosida hamda xavfsizlik texnikasi qoidalariga qat’iy rioya qilingan holda amalga oshirilmoqda.
‖ Facebook ‖ Instagram ‖ YouTube ‖
«O‘zbekiston MET» AJ Axborot xizmati
http://t.me/uzmetaxborotxizmati
❗️ «SAMARQAND MAGISTRAL ELEKTR TARMOQLARI» FILIALI
https://t.me/SamarqandMET_Axborot