2019–2024-yillardagi maʼlumotlar ushbu havolada    arxiv.uzbekistonmet.uz
Kasaba uyushmasi
Xotin-qizlar forumi-2026: "Ayoli ulug'lagan yurt"
  • 15.05.2026
  • 6

♦ “O‘zbekiston milliy elektr tarmoqlari” AJ tizimida “Ayoli ulug‘langan yurt” mavzusida madaniyat va salomatlikka bag‘ishlangan “Xotin-qizlar forumi–2026” tadbiri o‘tkazilmoqda.

► Forum O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining xotin-qizlarni qo‘llab-quvvatlash, ularning jamiyatdagi faolligini oshirish hamda sportni rivojlantirishga oid farmon va qarorlari ijrosini ta’minlash maqsadida tashkil etildi. Shu asosda 2026-yil 30-aprel kuni 107/14-sonli qo‘shma qaror imzolandi.

❇️ 2026-yil 15-16-17-may kunlari Toshkent viloyati Bo‘stonliq tumanidagi “ORIENT VILLAGE” dam olish maskanida o‘tkazilayotgan forumda “O‘zbekiston MET” AJ filiallarida faoliyat yuritayotgan xotin-qizlar ishtirok etmoqda.

♦ Tadbir doirasida xotin-qizlarning huquq va qonuniy manfaatlarini himoya qilish, ijtimoiy faolligi va kasbiy rivojlanishini qo‘llab-quvvatlashga qaratilgan o‘quv-seminarlar, psixologik treninglar hamda sport musobaqalari tashkil etilmoqda.

• Forumda respublikaning 18 ta filialidan jami 90 nafar xotin-qizlar va 10 nafar tashkilotchilar ishtirok etmoqda. Tadbirga O‘zbekiston energetika, neft-gaz va geologiya xodimlari kasaba uyushmasi Respublika kengashi mutaxassislari ham jalb qilingan. 

‖ Facebook ‖ Instagram ‖ YouTube ‖

«O‘zbekiston MET» AJ Axborot xizmati 

http://t.me/uzmetaxborotxizmati