2019–2024-yillardagi maʼlumotlar ushbu havolada    arxiv.uzbekistonmet.uz
Yangiliklar
FARGONA VILOYATI: Nazariy bilim va amaliy tajriba uyg‘unligi sari
  • 15.05.2026
  • 16

“Farg‘ona magistral elektr tarmoqlari” filiali navbatchi xodimlarining kasbiy bilim va ko‘nikmalarini yanada oshirish maqsadida "Farg‘ona davlat texnika universiteti" bilan hamkorlikda texnik o‘quv mashg‘ulotlari o'tkazilmoqda.

♦ Mazkur o‘quv mashg'ulotlari filial Bosh muhandisi tashabbusi bilan tashkil etilib, unda navbatchi xodimlarning nazariy bilimlarini mustahkamlash, amaliy tajribasini boyitish hamda zamonaviy energetika tizimidagi yangiliklar bilan tanishtirish ko‘zda tutilgan.

► O‘quv jarayonlarida elektr qurilmalaridan xavfsiz foydalanish, podstansiyalarda tezkor harakat qilish, avariya holatlarining oldini olish hamda ishlab chiqarish intizomini mustahkamlash bo‘yicha muhim mavzular qamrab olindi. Shuningdek, kelgusida universitet professor-o‘qituvchilari va soha mutaxassislari tomonidan energetika tizimidagi zamonaviy texnologiyalar, innovatsion yechimlar hamda amaliy jarayonlar yuzasidan ma’ruzalar o‘tkazilishi rejalashtirildi.

‖ Facebook ‖ Instagram ‖ YouTube ‖ 

«O‘zbekiston MET» AJ Axborot xizmati 

http://t.me/uzmetaxborotxizmati 

❗️ «FARG’ONA MAGISTRAL ELEKTR TARMOQLARI» FILIALI

kanaliga obuna bo’ling 

 https://t.me/FargonaMET_Axborot