
Xabaringiz bor, Prezidentimizning qarorlariga asosan, ehtiyojmand oilalarga har oyda iste’mol qilingan elektr energiyasi va tabiiy gaz uchun davlat tomonidan kompensatsiya to'lovlari to'lab borilmoqda.
► Kompensatsiya miqdori:
- Elektr energiyasi uchun — oyiga bazaviy me’yor (200 kVt·soat) oshgan qismdan keyin 150 kVt·soatgacha;
• Tabiiy gaz uchun — qish oylarida bazaviy me’yordan oshgan 250 kub metrgacha, boshqa oylarda esa 150 kub metrgacha bo‘lgan qismi uchun kompensatsiya beriladi.
❗️ Shuningdek, Hukumatning 2026-yil 15-maydagi 243-son qaroriga ko‘ra, 2026-yil 1-iyundan elektr energiyasi va tabiiy gaz yangi tariflari joriy etilishi munosabati bilan ehtiyojmand oilalar uchun ajratiladigan kompensatsiya miqdorlari ham oshiriladi.
⇒ Yangi tartibga muvofiq:
- Elektr energiyasi uchun bazaviy me’yordan oshgan 150 kVt·soatgacha beriladigan kompensatsiya 30 ming so‘mdan 37,5 ming so‘mga;
- Tabiiy gaz uchun isitish mavsumida bazaviy me’yordan oshgan 250 kub metrgacha kompensatsiya 200 ming so‘mdan 225 ming so‘mga;
- Boshqa mavsumlarda bazaviy me’yordan oshgan 150 kub metrga kompensatsiya 120 ming so‘mdan 135 ming so‘mga oshiriladi.
► Kompensatsiya olish uchun mahallangizdagi ijtimoiy xodimga, tumandagi “Inson” ijtimoiy xizmatlar markaziga yoki Agentlikning “1140” call-markaziga murojaat qilishingiz mumkin.
Manba: https://t.me/ijtimoiyhimoya_agentligi/8585
«O‘zbekiston MET» AJ Axborot xizmati