2019–2024-yillardagi maʼlumotlar ushbu havolada    arxiv.uzbekistonmet.uz
Yangiliklar
SIRDARYO VILOYATI: “Go‘zal” podstansiyasida profilaktika ishlari amalga oshirildi
  • 18.05.2026
  • 6

“Sirdaryo magistral elektr tarmoqlari” filiali tasarrufidagi 220/110/10 kV kuchlanishli “Go‘zal” podstansiyasida navbatdagi profilaktika va texnik xizmat ko‘rsatish ishlari bajarildi.

Jumladan, podstansiyadagi AT-2 transformatorining radiatorlari maxsus texnik vositalar yordamida yuvilib, sovutish tizimining samaradorligi oshirildi. Shuningdek, transformatorning sovutish tizimiga tegishli elektr dvigatellari o‘rnatilib, uskunalarning ishonchli va barqaror ishlashi ta’minlandi.

⚙️ Mazkur ishlar elektr energiyasini iste’molchilarga barqaror va sifatli yetkazib berish, energetika uskunalarining texnik holatini yaxshilash maqsadida amalga oshirilmoqda.

‖ Facebook ‖ Instagram ‖ YouTube ‖

«O‘zbekiston MET» AJ Axborot xizmati 

http://t.me/uzmetaxborotxizmati 

❗️ "SIRDARYO MAGISTRAL ELEKTR TARMOQLARI" FILIALI

kanaliga obuna bo‘ling! 

https://t.me/SirdaryoMET_Axborot