

Noqulay ob-havo sharoitlari — kuchli shamol va yomg‘ir kuzatilayotgan vaqtlarda, fuqarolardan shaxsiy xavfsizlikni ta’minlash maqsadida quyidagi ehtiyot choralariga rioya qilishlarini so‘raymiz:
➖Yerga uzilib tushgan elektr simlariga aslo yaqinlashmang va ularga tegmang;
➖Elektr tayanchlari (ustunlari), transformator punktlari hamda elektr uzatish tarmoqlari ostida turmang;
➖Avtomobillarni elektr uzatish tarmoqlari va daraxtlar yaqinida qoldirmang;
➖Kuchli shamol va yomg‘ir vaqtida ochiq maydonlarda uzoq vaqt bo‘lishdan saqlaning;
➖Bolalarni elektr inshootlari va ochiq elektr jihozlari yaqinida yolg‘iz qoldirmang.
Agar elektr tarmoqlarida uzilishlar, simlarning uzilishi yoki boshqa favqulodda holatlar aniqlansa, bu haqda zudlik bilan hududiy elektr tarmoqlarining 1154 qisqa raqamiga yoki dispetcherlik xizmatlariga xabar berishingizni so‘raymiz.
⚡️ Eslatma: O‘z vaqtida berilgan murojaat nosozliklarni tezkor bartaraf etish hamda aholi xavfsizligini ta’minlashga xizmat qiladi.
—
Samarqand, Surxondaryo, Jizzax va Sirdaryo viloyatlarida noqulay ob-havo (kuchli shamol va yomgʻir) taʼsirida ayrim elektr uzatish tarmoqlarida nosozlik boʻldi
Buning oqibatida ushbu hududlardagi ayrim isteʼmolchilar elektr taʼminotidan vaqtincha uzilgan. Hozirgi vaqtda energetiklar tomonidan nosozliklarni bartaraf etish va isteʼmolchilarning elektr taʼminotini qayta tiklash choralari koʻrilmoqda.
—
Kuchli shamol va yomg‘ir sabab ayrim hududlarda avariyaviy o‘chishlar
Shu daqiqalarda energetika tizimi kuchaytirilgan rejimda ishlamoqda — dispetcherlik xizmatlari, navbatchi xodimlar va tezkor brigadalar tarmoqlardagi nosozliklarni bartaraf etish hamda elektr taʼminotini tiklash uchun uzluksiz faoliyat olib bormoqda.Har bir hududda elektr taʼminotini qayta tiklash ortida energetiklarning katta mehnati va masʼuliyati turadi.
—
Surxondaryo viloyatida sodir bo‘lgan nosozliklar bartaraf etilmoqda
Bugun soat 18:40 da Surxondaryo viloyatidagi 110 kV kuchlanishli L-Boysun-2 elektr uzatish tarmog‘i himoya tizimi ishlashi oqibatida o‘chdi. Natijada: ayrim isteʼmolchilar (aholi hamda ishlab chiqarish) elektr taʼminotida vaqtincha uzilishlar kuzatilmoqda.
Ayni paytda maxsus brigada tomonidan sodir bo‘lgan nosozlikni aniqlash va bartaraf etish ishlari olib borilmoqda. Isteʼmolchilarga zaxira manbalar orqali kuchlanish berish choralari ko‘rilmoqda. Nosozliklar tezda bartaraf etilib, isteʼmolchilar elektr taʼminoti tiklanadi.
Keltirilgan noqulayliklar uchun isteʼmolchilardan uzr so‘raymiz.
2026-yil 18-may soat 20:03 da Surxondaryo viloyatidagi 220 kV L-Sur-Sh-1(2) tarmoqlarida kuchli shamol natijasida aniqlangan shikastlanish (nuqsonlarni) bartaraf etish uchun favqulodda o‘chirildi. Natijada Sariosiyo, Uzun, Denov, Qiziriq, Sho‘rchi, Qumqo‘rg‘on, Sherobod, Bandixon va Oltinsoy tumanlarining ayrim hududlari isteʼmolchilarining elektr taʼminoti vaqtincha uzildi.
Ayni paytda tezkor taʼmirlash brigadalari tomonidan nosozlikni bartaraf etish ishlari olib borilmoqda. Nosozliklar tezda bartaraf etilib, istemolchilarga elektr taʼminoti tiklanish choralari ko‘rilmoqda. Keltirilgan noqulayliklar uchun isteʼmolchilar uzr so‘raymiz.
Kuchli shamol oqibatida Surxondaryo viloyatining ayrim hududlaridagi gaz tarmoqlariga shikast yetgan. Shu sababli Sariosiyo, Qumqoʻrgʻon, Shoʻrchi, Denov va Oltinsoy tumanlaridagi ayrim isteʼmolchilarda tabiiy gaz taʼminoti vaqtincha toʻxtatildi.
Ayni paytda avariya holatini bartaraf etish ishlari olib borilmoqda. Holatlar bartaraf etilgandan soʻng gaz taʼminoti bosqichma-bosqich tiklanadi.
«O‘zbekiston MET» AJ Axborot xizmati