

⚡️ “Farg‘ona magistral elektr tarmoqlari” filiali tomonidan 500 kV kuchlanishli L-503 havo tarmog‘ining 57-sonli tayanchida, O‘zbekiston Respublikasi “Elektr stansiyalari va tarmoqlarini texnik ekspluatatsiya qilish” qoidalarining 719-bandi talabiga asosan izolyatorlarni yuvish va texnik profilaktika ishlari olib borilmoqda.
Mazkur ishlar elektr uzatish tarmoqlarining ishonchli va barqaror ishlashini ta’minlash, avariyaviy holatlarning oldini olish hamda iste’molchilarga sifatli elektr energiyasini yetkazib berish maqsadida amalga oshirilmoqda.
♦ Izolyatorlarni maxsus texnik vositalar yordamida yuvish jarayonida ularning sirtida yig‘ilgan chang, tuz qatlamlari va boshqa ifloslanishlar bartaraf etiladi. Bu esa elektr tarmog‘ida tokning sizib o‘tishi yoki qisqa tutashuv yuzaga kelishining oldini olishga xizmat qiladi.
► Ishlar xavfsizlik texnikasi qoidalariga to‘liq rioya etilgan holda malakali mutaxassislar tomonidan bosqichma-bosqich bajarilmoqda.
⇒ Izolyatorlarning asosiy vazifasi — elektr tokini tayanch konstruksiyalariga o‘tishini oldini olish hamda elektr uzatish simlarini xavfsiz tarzda ushlab turishni ta’minlashdan iborat. Yuqori kuchlanishli tarmoqlarda izolyatorlar tizimning eng muhim himoya elementlaridan biri hisoblanadi.
‖ Facebook ‖ Instagram ‖ YouTube ‖
«O‘zbekiston MET» AJ Axborot xizmati
http://t.me/uzmetaxborotxizmati
❗️ «FARG’ONA MAGISTRAL ELEKTR TARMOQLARI» FILIALI
kanaliga obuna bo’ling