2019–2024-yillardagi maʼlumotlar ushbu havolada    arxiv.uzbekistonmet.uz
Yangiliklar
FARG'ONA VILOYATI: Texnik o‘quv mashg‘ulotlari davom etmoqda
  • 23.05.2026
  • 4

► Avval xabar berganimizdek, “Farg‘ona magistral elektr tarmoqlari” filiali hamda Farg‘ona davlat texnika universiteti hamkorligida tashkil etilgan texnik o‘quv mashg‘ulotlari qiziqarli va mazmunli tarzda davom etmoqda.

♦ Mashg‘ulotlarda filial direktori va bosh muhandisi ham ishtirok etib,  yosh elektromonyorlar va navbatchi muhandislarni qiynayotgan savollar muhokama qilindi hamda ularning yechimlari yuzasidan kerakli tavsiyalar berildi.

♦ Ochiq muloqot tarzida o‘tayotgan o‘quv mashg'ulotlar davomida elektr qurilmalarida xavfsiz ishlash, podstansiyalardagi tezkor harakatlar va zamonaviy energetika tizimidagi yangiliklar bo‘yicha foydali ma’lumotlar berib borilmoqda.

⇒ Shuningdek, kelgusida Sharqiy mintaqaviy dispetcherlik boshqarmasi dispetcherlari bilan hamkorlikda podstansiyalarda amaliy o‘quv mashg‘ulotlari o‘tkazish, 500/220/10 kV kuchlanishli “O‘zbekiston” podstansiyasiga ekskursiya tashkil etish hamda gidroelektr va issiqlik elektr stansiyalaridagi ishlab chiqarish jarayonlari bilan yaqindan tanishish rejalashtirilgan.

Bu kabi o‘quv mashg‘ulotlari yosh mutaxassislarning kasbiy salohiyatini oshirish, nazariy bilimlarini to'ldirish va ta’lim hamda ishlab chiqarish integratsiyasini mustahkamlashda muhim ahamiyat kasb etmoqda. 

‖ Facebook ‖ Instagram ‖ YouTube ‖ 

«O‘zbekiston MET» AJ Axborot xizmati 

http://t.me/uzmetaxborotxizmati 

❗️ «FARG’ONA MAGISTRAL ELEKTR TARMOQLARI» FILIALI

kanaliga obuna bo’ling 

 https://t.me/FargonaMET_Axborot