

https://www.uzbekistonmet.uz/oz/lists/view/7480
⚙️ Diqqat, eʼlon: Texnik shartlar!
✍️ O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 15-iyundagi “Magistral elektr tarmoqlaridan foydalanish qoidalarini tasdiqlash to‘g‘risida”gi 338-sonli qarorining 2-bob, 2-paragrafida Magistral elektr tarmoqlariga ulanmoqchi bo‘lgan foydalanuvchi yuridik shaxslar Uzatish tizimiga ulanish uchun talabnoma kiritishi ko‘rsatib o‘tilgan.
⚡️ Mazkur talabnomaning namunaviy ko‘rinishi quyidagicha:
► Batafsil
► Namuna
❗️ Tarmoqqa ulanish
1️⃣ Magistral elektr tarmoqlaridan foydalanish qoidalari: ...
2️⃣ “Uzatish tizimiga ulanish” uchun talabnoma shakli: ...
3️⃣ Loyih va pudrat tashkilotlariga ochiq xat: ...
4️⃣ Vakolat berilgan loyiha tashkilotlari ro‘yxati: ...
5️⃣ Vakolat berilgan pudrat tashkilotlari ro‘yxati: ...
✍️ BATAFSIL
❗️Diqqat, e’lon! Texnik shart olish uchun onlayn ariza berish mumkin!
⚡️“O‘zbekiston milliy elektr tarmoqlari” aksiyadorlik jamiyatida texnik shartlar berish tizimi raqamlashtirildi
⇒ “O‘zbekiston milliy elektr tarmoqlari” AJ tasarrufidagi podstansiya va magistral elektr tarmoqlariga ulanish jarayonlarini soddalashtirish hamda texnik shartlar berishda ochiqlik va shaffoflikni ta’minlash maqsadida texnik shartlar berish portali sinov tariqasida ishga tushirildi.
✅ Endilikda podstansiya va magistral elektr tarmoqlariga ulanish uchun texnik shart olish bo‘yicha arizalarni mazkur portal orqali onlayn yuborishingiz mumkin:
• Havola: http://portal.uzbekistonmet.uz
! Eslatma: O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 15-iyundagi VMQ-338 sonli qarori bilan tasdiqlangan “Magistral elektr tarmoqlaridan foydalanish qoidalari” ning III bo‘limi talablariga asosan uzatish tizimiga ulanishni rejalashtirgan va quvvati 1 MW dan katta bo‘lgan foydalanuvchilar tarmoqqa ulanish tadqiqotini amalga oshirishi, tadqiqot natijalari bo‘yicha aniqlangan texnik yechimlarni Uzatish tizimi operatori (“O‘zbekiston milliy elektr tarmoqlari” AJ) va Tizim operatori (“Milliy dispetcherlik markazi” DM) bilan kelishishi va shundan so‘ng kelishilgan texnik yechimlar asosida uzatish tizimiga ulanish uchun texnik shartlar taqdim qilishini belgilangan.
Uzatish tizimiga ulanishni rejalashtirgan hamda quvvati 1 MW dan kichik bo‘lgan iste’molchilar ham portal orqali talabnomani to‘ldirib, zarur ma’lumotlarni yuklagan holda belgilangan tartibda texnik shartlarni olishlari mumkin
‖ Facebook ‖ Instagram ‖ YouTube ‖
«O‘zbekiston MET» AJ Axborot xizmati