
(KONSALTING XIZMATLARI – FIRMALARNI TANLASH)
MAMLAKAT: Oʻzbekiston Respublikasi
LOYIHA NOMI: “Elektroenergetika sektorini transformatsiya qilish va barqaror elektr uzatish” (ESTART)
Grant raqami: TB0B5948-UZ
Oʻzbekiston Respublikasi Hukumati Xalqaro taraqqiyot assotsiatsiyasidan (Bank) “Elektroenergetika sektorini transformatsiya qilish va barqaror elektr uzatish” (ESTART) Loyihasi xarajatlarini qoplash uchun moliyalashtirish oldi va mazkur mablagʼlarning bir qismini konsalting xizmatlarini moliyalashtirish uchun foydalanmoqchi.
Konsalting xizmatlari (“Xizmatlar”) mustaqil ekologik va ijtimoiy konsalting xizmatlarini oʻz ichiga oladi, jumladan: Oʻzbekistonda yuqori kuchlanishli havo elektr uzatish tarmog’i (HEUT) qurilishiga nisbatan moliyaviy bitim tuzilishidan oldin ekologik va ijtimoiy sohadagi kompleks huquqiy tekshiruvni (due diligence) va Qorakoʼl podstansiyasidan Nurobod podstansiyasigacha boʼlgan ikki zanjirli 500 kV HEUT qurilishi Loyihasining ekologik va ijtimoiy (“E&S”) jihatlarini moliyaviy yopilishdan keyin umumiy monitoringi.
Ushbu topshiriq boʼyicha boshlangʼich xarid bosqichi uchun Texnik topshiriq (TT) quyidagi veb-saytda joylashtirilgan:
https://cloud.uzbekistonmet.uz/index.php/s/Y9fPrTqyDgHJopL
“Oʻzbekiston Milliy Elektr Tarmoqlari” AJ vakolatli konsalting firmalarini (“Konsaltingchilar”) Xizmatlarni koʼrsatishda qiziqishni bildirishga taklif etadi. Manfaatdor Konsalting kompaniyalar Xizmatlarni bajarish uchun zarur malaka va tegishli tajribaga ega ekanliklarini tasdiqlovchi maʼlumotlarni taqdim etishlari kerak. Qizqa ro’yxatga kirish mezonlari:
• Yirik infratuzilma loyihalarida, elektr uzatish yoki shunga oʼxshash infratuzilma sohasida ekologik va ijtimoiy konsalting boʼyicha kamida oʼn (10) yillik tegishli tajriba.
• Soʼnggi yetti (7) yil ichida kamida uchta (3) loyihada Mustaqil Ekologik va Ijtimoiy Konsalting kompaniya (MEIK) (yoki ekvivalent rol) sifatida tasdiqlangan tajribasi (Tijorat banklari, eksport kredit agentliklari yoki taraqqiyot institutlari tomonidan moliyalashtiriladigan loyihalarga ustunlik beriladi).
• Xalqaro standartlarni qoʼllashning tasdiqlangan tajribasi, jumladan Ekvator Tamoyillari (EP4), Xalqaro Moliya Korporatsiyasi Ijro Standartlari (2012) va Jahon Bankining sogʼliqni saqlash, mehnat va atrof-muhit (EHS Guidelines) boʼyicha koʼrsatmalari.
• Atrof-muhit va Ijtimoiy Ta’sirni Baholash (ESIA) Atrof-muhit va Ijtimoiy Boshqaruv Rejasi (ESMP) tahlilini, Atrof-muhit va Ijtimoiy Harakatlar Rejasi (ESAP) ishlab chiqishni, shuningdek qurilish va/yoki ekspluatatsion monitoringni oʻz ichiga olgan Ekologik va Ijtimoiy Kompleks Huquqiy Tekshiruvni (ESDD) oʼtkazishning tasdiqlangan tajribasi.
• Tasdiqlangan mintaqaviy tajriba, jumladan Oʻzbekistonda yoki Markaziy Osiyoda ishlash, shuningdek rus va/yoki oʻzbek tillarida yordam bilan ingliz tilida xizmat koʼrsatish imkoniyati.
(Talablardan birortasiga mos kelmaslik diskvalifikatsiyaga olib keladi.)
Asosiy ekspertlar oldindan tanlash bosqichida baholanmaydi.
Konsaltingchilar oʼz malakalarini oshirish maqsadida boshqa firmalar bilan birlashishlari mumkin, biroq bunday birlashish qoʼshma korxona va/yoki subkonsalting ekanligini aniq koʼrsatishlari shart. Qoʼshma korxona tuzilgan taqdirda, uning barcha aʼzolari tanlov natijalari boʼyicha toʼliq shartnoma boʼyicha birgalikda va alohida javobgar boʼladilar. Qoʼshma korxona ishtirokchilarining maksimal soni ikkita (2) bilan cheklanadi.
Manfaatdor Konsaltingchilarning eʼtibori Jahon Bankining “Investitsion moliyalashtirish loyihalari boʼyicha qarz oluvchilar uchun xarid qilish toʼgʼrisidagi nizom”, 2025-yil sentyabr (“Xarid qilish toʼgʼrisidagi nizom”) ning III, 3.14, 3.16 va 3.17-bandlariga qaratiladi, ularda Jahon Bankining manfaatlar toʼqnashuvi boʼyicha siyosati bayon etilgan.
Manfaatdor Konsaltingchilar Xizmatlarni bajarish uchun zarur malaka va tegishli tajribaga ega ekanliklarini tasdiqlovchi maʼlumotlarni taqdim etishlari shart. Firma Xarid qilish toʼgʼrisidagi nizomda nazarda tutilgan eng kam xarajat asosida tanlash usuli (LCS)), ushbu usulga koʼra shartnoma minimal texnik talablarga javob beradigan takliflar orasidan eng past narxni taklif etgan firmaga beriladi. Ushbu QIZIQISHNI BILDIRISH TAKLIFLARI soʼrovi natijasida oldindan tanlangan firmalar takliflarni taqdim etishga rasmiy taklif qilinadi.
Qoʼshimcha maʼlumotni ish vaqtida quyidagi manzildan olish mumkin:
“Oʻzbekiston Milliy Elektr Tarmoqlari” AJ
Osiyo koʼchasi, 42, Yunusobod tumani, Toshkent shahri 100084, Oʻzbekiston Respublikasi.
4-qavat, 401-xona.
Tel.: +99871 236 66 33.
e-mail: pmu.modernization@gmail.com
QIZIQISHNI BILDIRISH TAKLIFLARI arizalari tegishli tasdiqlovchi hujjatlar bilan birga ingliz va rus tillarida (ziddiyat yuzaga kelganda ingliz tili ustunlik qiladi) pmu.modernization@gmail.com elektron pochta manziliga 2026-yil 12-iyun, mahalliy vaqt bilan soat 17:00 gacha taqdim etilishi kerak.
«O‘zbekiston MET» AJ Axborot xizmati