2019–2024-yillardagi maʼlumotlar ushbu havolada    arxiv.uzbekistonmet.uz
Kasaba uyushmasi
SURXONDARYO VILOYATI: Ma’naviy me’ros maskanlari sari unutilmas sayohat
  • 25.05.2026
  • 8

Joriy yilning 23–24-may kunlari “Surxondaryo magistral elektr tarmoqlari” filiali Kasaba uyushmasi qo‘mitasi tomonidan 50 nafar ishchi-xodimlar hamda ularning oila a’zolari uchun Samarqand viloyatiga sayohat va ziyorat tadbiri tashkil etildi. Mazkur sayohat kasaba uyushmasi mablag‘lari hisobidan amalga oshirildi.

Ziyorat davomida ishtirokchilar avvalo buyuk muhaddis Imom Al-Buxoriy majmuasini ziyorat qilib, Qur’on tilovatlari va duolar ado etdilar. Shundan so‘ng O‘zbekiston Respublikasining Birinchi Prezidenti, marhum Islom Abdug‘aniyevich Karimov xotirasiga hurmat bajo keltirildi.

❇️ Shuningdek, sayohat davomida Samarqandning muhtasham Registon maydoni, zamonaviy va jozibador Samarqand City majmuasi hamda bir qator tarixiy obidalar va qadimiy yodgorliklarga tashrif buyurildi.

 

 

► Mazmunli hordiq va unutilmas taassurotlar

❇️ Tadbir davomida ziyoratchilar uchun zamonaviy restoranlarda 3 mahal tansiq taomlar tashkil etilib, barcha qulayliklarga ega zamonaviy mehmonxonada maroqli hordiq chiqarishlari uchun sharoit yaratildi.

♦ Sayohat davomida ishtirokchilar mazmunli dam olib, ko‘tarinki kayfiyat va unutilmas taassurotlar bilan qaytishdi.

❇️ Bunday ezgu tadbirlar jamoada o‘zaro ahillikni mustahkamlash, ma’naviy qadriyatlarimizni ulug‘lash hamda xodimlarning ijtimoiy faolligini yanada oshirishga xizmat qiladi. 

‖ Facebook ‖ Instagram ‖ YouTube ‖

«O‘zbekiston MET» AJ Axborot xizmati 

http://t.me/uzmetaxborotxizmati 

❗️ “Surxondaryo magistral elektr tarmoqlari” filialining

rasmiy telegram kanaliga a’zo bo‘ling! 

http://t.me/SurxondaryoMET_Axborot