

© «Madaniyat va ma’rifat» telekanali, «AGAR...» dasturi
⚡️ Mavzu: «ENERGIYA TEJAMKORLIGI VA SAMARADORLIGI»
⇒ Youtube’da ko‘rish
⁉️ Qars ikki qo‘ldan chiqadi: siz tejamkormisiz? Nasihat bilan tejamkorlikka o‘rgatib bo‘lmaydi... Moliyaviy motivatsiya ham kerak!
❗️ Energiya resurslarini asrab-avaylash madaniyati kelajak — avlod oldidagi masʼuliyat!
• Energiya resurslaridan oqilona foydalanish masalasi energiya samaradorligi pastligicha qolayotgan va energiya isteʼmoli madaniyatini oshirishga ehtiyoj mavjud hozirgi sharoitda yana-da dolzarb ahamiyat kasb etmoqda.
• Isrofgarchilik shundoq ham energiya resurslari kamayib borayotgan bir sharoitda barqarorlikka salbiy taʼsir ko‘rsatadi.
⚡️ Elektr energiyasi ham neʼmat. Uning isrof bo‘lishiga yo‘l qo‘ymaslik, asrash masʼuliyati — barchamiz uchun vijdon ishi, burch bo‘lishi kerak. Bunda aholi sarflayotgan oylik yoki yillik elektr energiya hajmini o‘zi mustaqil nazorat va tahlil qilib borishi, xulosa qilishi, tabiiy ravishda tejamkorlikni taʼminlashi samarali natija beradi.
✅ Masalaning yana bir jihati, energiya tejamkorlikni doimiy madaniyatga aylantirish uchun moliyaviy motivatsiya ham bo‘lishi kerak. Agar elektr narxi bozor narxidan bir necha barobar arzon bo‘lsa, tejamkorlik haqidagi maʼruza va nasihatlar ish bermasligi aniq.
♦ Aholini elektr bilan uzluksiz taʼminlashda isteʼmol madaniyatini oshirish qanchalik muhim bo‘lsa, energetik infratuzilmani modernizatsiya qilish ham xuddi shunday dolzarb ahamiyatga ega. Buning uchun narx shakllanishi jarayoniga bozor mexanizmlarini joriy etish, shu orqali qo‘shimcha mablag‘ va imkoniyatlarga ega bo‘lib, tizimni yangilash lozim.
→ Isrofgarchilik — resurslar kamayib borayotgan sharoitda tizim barqarorligiga berilgan zarbadir. Bugungi tejamkorlik — bu uydagi qulaylikdan voz kechish emas, balki texnikadan oqilona va texnologik yondashuv bilan foydalanishdir. Agar bunday tejamkorlik aholi orasida ommaviy tus olsa, bu muntazam o‘chishlarning oldini olish hamda elektr energiyasi bilan uzluksiz taʼminlashga xizmat qiladi.
→ Aholi vakillari hatto maishiy darajada bo‘la turib, ulkan hajmlardagi energiya tejamkorlikka yordam berishi, birgina xonadonda elektrdan to‘g‘ri foydalanish orqali butun mamlakat miqyosidagi energiya samaradorlikka hissa qo‘shishi mumkin.
⚠️ Tabiiy gaz — qayta tiklanmaydigan boylik. Uni tejash nafaqat cho‘ntakka foyda, balki ekologik barqarorlik va kelajak avlodga resurslarni but yetkazish demakdir.
✍️ Ushbu axborot Energetika vazirligi tomonidan taqdim etilgan ma’lumotnomalar asosida tayyorlandi.
‖ Facebook ‖ Instagram ‖ YouTube ‖
«O‘zbekiston MET» AJ Axborot xizmati