2019–2024-yillardagi maʼlumotlar ushbu havolada    arxiv.uzbekistonmet.uz
Kasaba uyushmasi
Bolajonlarga kitoblar hadya qilindi — “Energo-IT” filiali kasaba uyushmasi
  • 01.06.2026
  • 29

1-iyun — Bolalarni himoya qilish xalqaro kuni munosabati bilan “Energo-IT” filiali kasaba uyushmasi tomonidan xodimlar farzandlariga kitoblar sovg‘a qilindi. Ushbu xayrli tashabbusning maqsadi bolalarda kitobxonlikka bo‘lgan qiziqishni oshirish, ularning bilim olishga intilishini qo‘llab-quvvatlash hamda maʼnaviy kamolotini rag‘batlantirishdan iborat.

Kitob — insonning eng yaqin do‘sti va bilim manbai hisoblanadi. Yosh avlodning kitobga mehrini oshirish orqali ularning kelajakda barkamol va bilimli inson bo‘lib voyaga yetishiga hissa qo‘shiladi.

“Energo-IT” filiali kasaba uyushmasi barcha bolajonlarni bayram bilan tabriklaydi va ularga sog‘lik, baxt va o‘qishlarida ulkan muvaffaqiyatlar tilaydi. 

«O‘zbekiston MET» AJ Axborot xizmati 

http://t.me/uzmetaxborotxizmat