
#Diqqat, eʼlon!
Bugun soat 18:58 da Toshkent shahrida joylashgan 110 kV kuchlanishli "Vistovochnaya" podstansiyasida nosozlik sababli ushbu energetika obyektidan chiquvchi 6 kV qurilmalarga ulangan tarmoqlar kuchlanishsiz qoldi.
Natijada Shayxontohur va Olmazor tumanining ayrim hududlari isteʼmolchilari elektr taʼminotida uzilishlar kuzatilmoqda.
Ayni paytda maxsus brigada nosozlik sababini aniqlash va uni bartaraf etish ishlari bilan shug‘ullanmoqda.
Holat haqida qo‘shimcja maʼlumot beriladi.
Keltirilgan noqulayliklar uchun isteʼmolchilardan uzr so‘raymiz.

Bugun, 1-iyun kuni soat 18:58 da Toshkent shahridagi 110 kV kuchlanishli “Vistovochnaya” podstansiyasida yuzaga kelgan qisqa tutashuv natijasida nosozlik sodir bo‘ldi.
Shu sababli mazkur energetika obyektidan chiquvchi 6 kV taqsimlash qurilmalariga ulangan ayrim elektr tarmoqlari vaqtinchalik kuchlanishsiz qoldi.
Hozirda mutaxassislar tomonidan avariyaviy holatni bartaraf etish va elektr ta’minotini tiklash ishlari olib borilmoqda.
Keltirilgan noqulayliklar uchun uzr so‘raymiz.
‖ Facebook ‖ Instagram ‖ YouTube ‖
«O‘zbekiston MET» AJ Axborot xizmati