

✔️ Energetika obyektida taʼmirlash-tiklash ishlari olib borilmoqda
Avval xabar berganimizdek, bugun Toshkent shahrida joylashgan 110 kV kuchlanishli "Vistovochnaya" podstansiyasida kabellar tarmog‘idagi qisqa tutashuv oqibatidagi nosozlik sodir bo‘lgan edi.
Ayni paytda maxsus brigada aʼzolari nosozlikni bartaraf etish ishlari bilan shug‘ullanmoqda.
Tez fursatda isteʼmolchilari elektr taʼminoti tiklanadi.
Keltirilgan noqulayliklar uchun isteʼmolchilardan uzr so‘raymiz.

✔️ Nosozlik sodir bo‘lgan podstansiyada taʼmirlash-tiklash ishlari bajarilmoqda
Avval xabar berganimizdek, bugun Toshkent shahrida joylashgan 110 kV kuchlanishli "Vistovochnaya" podstansiyasida kabellar tarmog‘idagi qisqa tutashuv oqibatidagi nosozlik sodir bo‘lgan edi.
Ayni paytda maxsus brigada aʼzolari nosozlikni bartaraf etish ishlari bilan shug‘ullanmoqda.
Qisqa tutashuv oqibatida shikastlangan elektr uskuna va jihozlari o‘rniga yangi qurilmalar o‘rnatilmoqda.
Tez fursatda isteʼmolchilari elektr taʼminoti tiklanadi.
Keltirilgan noqulayliklar uchun isteʼmolchilardan uzr so‘raymiz.
⚠️ DIQQAT, E’LON!
Avval xabar berganimizdek, bugun Toshkent shahri Olmazor tumanida joylashgan 110/10/6 kV kuchlanishli “Vistovochnaya” podstansiyasida kabel tarmoqlarida yuzaga kelgan qisqa tutashuv oqibatida nosozlik sodir bo‘lgan.
Mazkur holat sababli quyidagi mahallalarda elektr ta’minotida uzilishlar kuzatilmoqda:
▪️ "Quyosh" MFY
▪️ "Orzu" MFY
▪️ "Ziyo" MFY
▪️" Allon" MFY
▪️ "Ziyokor" MFY
▪️" Universitet" MFY
▪️ "Chimboy" MFY
▪️" Chig‘atoy" MFY
▪️ "Chustiy" MFY
▪️" Zamondosh" MFY
► Hurmatli iste’molchilar!
Nosozlik to‘liq bartaraf etilib, elektr ta’minoti to‘liq tiklanib, tarmoqdagi vaziyat barqarorlashguniga qadar, ko‘chma elektr quvvatlash qirilmasi orqali quvvat uzatib berilgan vaqtda, uy xo‘jaliklarida o‘rnatilgan yuqori quvvat talab qiluvchi elektr jihozlari va maishiy texnikalardan vaqtinchalik foydalanmaslikni so‘raymiz.
♂️ Ayni paytda avariya-tiklash brigadalari tomonidan nosozlikni bartaraf etish ishlari davom ettirilmoqda.
Keltirilgan noqulayliklar uchun isteʼmolchilardan uzr so’raymiz.
‖ Facebook ‖ Instagram ‖ YouTube ‖
«O‘zbekiston MET» AJ Axborot xizmati