

Avval xabar berganimizdek, 110/10/6 kV kuchlanishli “Vistovochnaya” podstansiyasida yuzaga kelgan nosozlik tezkorlik bilan bartaraf etilib, 2026-yil 2-iyun kuni soat 01:00 holatiga barcha iste’molchilar elektr energiyasi bilan to‘liq qayta ta’minlangan edi.
Hozirgi vaqtda podstansiya hududida yong‘in oqibatida zarar ko‘rgan texnik qurilmalarni tiklash, ularni almashtirish hamda elektr uskunalarining ishonchli ishlashini ta’minlash maqsadida ta’mirlash-tiklash ishlari davom ettirilmoqda.
Mutaxassislar tomonidan barcha zarur texnik tadbirlar belgilangan tartibda olib borilmoqda.
«TOSHKENT SHAHAR MAGISTRAL ELEKTR TARMOQLARI» FILIALI
♦AXBOROT XIZMAT