

“Sirdaryo magistral elektr tarmoqlari” filiali tasarrufidagi 220/110/10 kV kuchlanishli “Feruz” podstansiyasida elektr tarmoqlari ishonchliligi va barqarorligini ta’minlash maqsadida navbatdagi mukammal ta’mirlash ishlari amalga oshirildi.
► Jumladan, podstansiyaning 110 kV kuchlanishli Sirdaryo-2 moyli o‘chirgichida (МВ-110 kV) mukammal ta’mirlash ishlari bajarildi. Ta’mirlash jarayonida o‘chirgichning asosiy texnik qismlari to‘liq ko‘rikdan o‘tkazilib, zarur sozlash va profilaktik tadbirlar amalga oshirildi.
⚙️ Mazkur ishlar natijasida elektr uskunasining texnik holati yaxshilanib, uning ishonchli va xavfsiz ishlash ko‘rsatkichlari yanada oshirildi. Bu esa iste’molchilarni sifatli va barqaror elektr energiyasi bilan ta’minlashda muhim ahamiyat kasb etadi.
‖ Facebook ‖ Instagram ‖ YouTube ‖
«O‘zbekiston MET» AJ Axborot xizmati
http://t.me/uzmetaxborotxizmati
❗️ "SIRDARYO MAGISTRAL ELEKTR TARMOQLARI" FILIALI
kanaliga obuna bo‘ling!