

© «O‘zbekiston-24» telekanali, «STUDIYA» tok-shousi
⚡️ Mavzu: «YASHIL ENERGETIKA ISTIQBOLLARI»
► Youtube’da ko‘rish
♦ O‘zbekiston qayta tiklanuvchi energiya manbalari bo‘yicha Markaziy Osiyoda eng yuqori salohiyatga ega davlatlardan biri hisoblanadi. Mamlakatimizda yil davomida o‘rtacha 270-300 kun quyoshli ob-havo kuzatiladi. Quyosh nurlanishi miqdori har bir kvadrat metr maydon uchun yiliga 1500–1900 kVt·soatni tashkil etadi.
♦ Mutaxassislarning baholashicha, O‘zbekistonning texnik quyosh energetikasi salohiyati 36 600 TVt/yil bo‘lib, bu mamlakatning hozirgi elektr energiyasi ehtiyojidan bir necha o‘n baravar yuqoridir. Shu bilan birga, Qoraqalpog‘iston Respublikasi, Navoiy, Buxoro va Jizzax viloyatlarida shamol tezligi o‘rtacha sekundiga 7–9 metrni tashkil etadi. Ushbu hududlarda shamol energetikasining texnik salohiyati 500 GVtdan ortiq deb baholanmoqda.
♦ Mazkur salohiyat mamlakatda elektr energiyasiga bo‘lgan talabning o‘sishini qoplash imkonini beradi. Hozirgi kunda O‘zbekistonda elektr energiyasi isteʼmoli yiliga taxminan 85 milliard kVt·soatni tashkil etayotgan bo‘lsa, 2030-yilga borib ushbu ko‘rsatkich 120 milliard kVt·soatdan oshishi kutilmoqda.
♦ Quyosh va shamol energetikasini rivojlantirish hisobiga har yili milliardlab kub metr tabiiy gaz tejalishi mumkin. Bu esa energetik xavfsizlikni mustahkamlash va eksport salohiyatini oshirishga xizmat qiladi.
‖ Facebook ‖ Instagram ‖ YouTube ‖
«O‘zbekiston MET» AJ Axborot xizmati