2019–2024-yillardagi maʼlumotlar ushbu havolada    arxiv.uzbekistonmet.uz
Yangiliklar
SAMARQAND VILOYATI: Podstansiyalarda reja asosidagi texnik ishlar amalga oshirilmoqda
  • 03.06.2026
  • 4

⚡️ 110/35/6 kV kuchlanishli “Shimoliy” podstansiyasida T-1 transformatorida joriy ta’mirlash ishlari olib borilmoqda.

Ishlar doirasida V-T1-110, V-T1-6 hamda TS-6-1 qurilmalarida texnik xizmat ko‘rsatish ishlari bajarilmoqda. Shuningdek, uskunalarda sinov ishlari o‘tkazilib, releli himoya qurilmalarining ishlash holati tekshirilmoqda.

✅ Shu bilan birga, 35/10 kV kuchlanishli “Xoncharvoq” podstansiyasida SSh-10-1 va TN-10-1 qurilmalarida joriy ta’mirlash ishlari amalga oshirilmoqda. Jarayon davomida uskunalarning texnik holati ko‘rikdan o‘tkazilib, releli himoya qurilmalari tekshirildi.

► Barcha ishlar mutaxassislar tomonidan belgilangan tartib asosida hamda xavfsizlik texnikasi qoidalariga qat’iy rioya qilingan holda olib borilmoqda. 

‖ Facebook ‖ Instagram ‖ YouTube ‖

«O‘zbekiston MET» AJ Axborot xizmati 

http://t.me/uzmetaxborotxizmati 

❗️ «SAMARQAND MAGISTRAL ELEKTR TARMOQLARI» FILIALI 

https://t.me/SamarqandMET_Axborot