
Bugun soat 23:30 da Toshkent shahrining Mirzo Ulug‘bek va Yunusobod tumanlarining ayrim hududlari isteʼmolchilarini taʼminlovchi yuqori kuchlanishli elektr qurilmasi o‘chdi.
Ayni paytda maxsus brigada tomonidan sodir bo‘lgan nosozlikni bartaraf etish ishlari olib borilmoqda. Isteʼmolchilarga zaxira manbalar orqali kuchlanish berish choralari ko‘rilmoqda.
Keltirilgan noqulayliklar uchun isteʼmolchilardan uzr so‘raymiz.
Nosozlik tufayli o‘chiq turgan isteʼmolchilarning bir qismi elektr taʼminoti tiklandi.
Soat 00:13 da “Astronomicheskaya” podstansiyasining taqsimlash qurilmalariga kuchlanish berilib, nosozlik tufayli o‘chgan barcha isteʼmolchilar elektr taʼminoti tiklandi.
Keltirilgan noqulayliklar uchun isteʼmolchilar uzr so‘raymiz.
«O‘zbekiston MET» AJ Axborot xizmati
http://t.me/uzmetaxborotxizmati