

⚡️ “Farg‘ona magistral elektr tarmoqlari” filiali tasarrufidagi 220/110/10 kV kuchlanishli “Farg‘ona” podstansiyasida tezkor xodimlarning hushyorligi va kasbiy tayyorgarligini oshirish maqsadida avariyaga qarshi amaliy mashg‘ulot o‘tkazildi.
⚙️ Mashg‘ulot davomida sodir bo‘lishi mumkin bo‘lgan avariyali o‘chish holatlarini bartaraf etish, tezkor xodimlarning o‘zaro hamkorligi hamda favqulodda vaziyatlarda to‘g‘ri harakat qilish ko‘nikmalari amaliy tarzda sinovdan o‘tkazildi.
⇒ Jarayonda xodimlarning tezkorligi, sergakligi va xavfsizlik qoidalariga rioya qilgan holdagi harakatlari mashg‘ulot kuzatuvchilari tomonidan baholanib, tegishli tavsiyalar berildi.
Bunday amaliy mashg‘ulotlar elektr ta’minoti barqarorligi va podstansiya xodimlarining doimiy tayyorgarligini ta’minlashda muhim ahamiyat kasb etadi.
‖ Facebook ‖ Instagram ‖ YouTube ‖
«O‘zbekiston MET» AJ Axborot xizmati
http://t.me/uzmetaxborotxizmati
❗️ «FARG’ONA MAGISTRAL ELEKTR TARMOQLARI» FILIALI
kanaliga obuna bo’ling