2019–2024-yillardagi maʼlumotlar ushbu havolada    arxiv.uzbekistonmet.uz
Yangiliklar
ENERGETIKA VAZIRLIGI: 2026-yil yanvar-may oylarida ishlab chiqarilgan elektr energiyasi o‘tgan yilning mos davriga nisbatan 5,8 foizga ko‘p
  • 04.06.2026
  • 4

#sarhisob

⚡️ 2026-yil yanvar-may oylarida ishlab chiqarilgan elektr energiyasi o‘tgan yilning mos davriga nisbatan 5,8 foizga ko‘p

 Ishlab chiqarish: joriy yilning yanvar-may oylarida respublikamizda jami 37 mlrd 684,2 mln kVt⋅soat elektr energiyasi ishlab chiqarildi. Bu o‘tgan yilning mos davridagiga nisbatan 2 mlrd 57,8 mln kVt⋅soat yoki 5,8 foizga ko‘pni tashkil etdi.

→ ⚡️ Respublika isteʼmoli: mazkur muddat davomida respublika iste’moli 36 mlrd 317,4 mln kVt⋅soatni tashkil etdi. Ushbu ko‘rsatkich 2025-yilning shu davridagiga nisbatan 1,3 mlrd kVt⋅soat yoki 3,8 foizga ko‘pni tashkil qildi.

⚡️ 2026-yil may oyida ishlab chiqarilgan elektr energiyasi o‘tgan yilning mos davriga nisbatan 3,7 foizga ko‘p

→ Ishlab chiqarish: joriy yilning may oyida respublikamizda jami 7 mlrd 15,7 mln kVt⋅soat elektr energiyasi ishlab chiqarildi. Bu o‘tgan yilning mos davridagiga nisbatan 249,7 mln kVt⋅soat yoki 3,7 foizga ko‘pni tashkil etdi.

→ ⚡️ Respublika isteʼmoli: mazkur muddat davomida respublika iste’moli 6 mlrd 782,6 mln kVt⋅soatni tashkil qildi. Ushbu ko‘rsatkich 2025-yilning shu davridagiga nisbatan 8 mln kVt⋅soat yoki 0,1 foizga ko‘p demakdir.

Manba: https://t.me/minenergy_uz/20011

«O‘zbekiston MET» AJ Axborot xizmati 

http://t.me/uzmetaxborotxizmati