2019–2024-yillardagi maʼlumotlar ushbu havolada    arxiv.uzbekistonmet.uz
Korrupsiyaga qarshi kurashish
KORRUPSIYAGA QARSHI KURASHISH AGENTLI: Ijtimoiy ahamiyatga molik ma’lumotlar ro‘yxatiga qo‘shimchalar kiritishi mumkin
  • 05.06.2026
  • 7

Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi tomonidan davlat organlari va tashkilotlari tomonidan ochiq ma’lumotlar sifatida joylashtirilishi kerak bo‘lgan ijtimoiy ahamiyatga molik ma’lumotlar Ro‘yxatini kengaytirishga qaratilgan Prezident farmoni loyihasi jamoatchilik muhokamasi uchun e’lon qilindi.

Hujjat bilan PF–6247-son Farmoni bilan tasdiqlangan ochiq ma’lumotlar shaklida joylashtirilishi lozim bo‘lgan ijtimoiy ahamiyatga molik ma’lumotlar ro‘yxatiga quyidagi qo‘shimchalarni kiritish nazarda tutilmoqda:

Har oyda

- Qoraqalpog‘iston Qurilish va uy-joy kommunal xo‘jaligi vazirligi, viloyatlar va Toshkent shahar qurilish bosh boshqarmalari huzuridagi arxitektura-shaharsozlik kengashlari tomonidan shaharsozlik faoliyati obyektlarini qurish uchun loyihaoldi va loyiha hujjatlarini kelishish natijalarini;

- Qurilish va uy-joy kommunal xo‘jaligi sohasida nazorat qilish inspeksiyasi tomonidan qurilish-montaj ishlarini boshlashga berilgan ruxsatnomalar hamda qurilishi tugallangan obyektlarni foydalanishga qabul qilish hujjatlari to‘g‘risidagi ma’lumotlarni;

Har chorakda

- Davlat organlari va tashkilotlari xodimlari tomonidan xizmat safarlari doirasida qabul qilingan sovg‘alar to‘g‘risidagi ma’lumotlarni (qonunchilikka muvofiq o‘z xohishi va ixtiyoriga ko‘ra tasarruf etilishi belgilangan sovg‘alar bundan mustasno);

- Davlat organlari va tashkilotlari tomonidan homiylik xayriyalari tariqasida olingan pul mablag‘lari to‘g‘risidagi ma’lumotlarni (mol-mulk, ish va xizmatlar hamda boshqa shaklda qo‘llab quvvatlash);

- Alohida tartibda, davlat ulushi 50 foiz va undan yuqori bo‘lgan xo‘jalik jamiyatlari hamda davlat unitar korxonalari tomonidan homiylik xayriya yordami sifatida ajratilgan mablag‘lar to‘g‘risidagi ma’lumotlarni ochiq e’lon qilib borilishi shart etib belgilanmoqda.
 

Jamoatchilik muhokamasi 18-iyunga qadar davom etadi.


———
Korrupsiyaga duch kelsangiz Agentlikning “Call-markazi” – 1253 orqali murojaat qilishingizni so‘raymiz.

Manba: https://t.me/antikor_uzb/4784

«O‘zbekiston MET» AJ Axborot xizmati 

http://t.me/uzmetaxborotxizmati