2019–2024-yillardagi maʼlumotlar ushbu havolada    arxiv.uzbekistonmet.uz
Yangiliklar
ENERGETIKADA TASRG‘IOBOT: «Madaniyat va ma’rifat» telekanali, «AGAR...» dasturi; Mavzu: «YASHIL ENERGIYA»
  • 05.06.2026
  • 3

© «Madaniyat va ma’rifat» telekanali, «AGAR...» dasturi

⚡️ Mavzu: «YASHIL ENERGIYA»

► Youtube’da ko‘rish

✅ Yangi elektr stansiyalari aholi va sanoat korxonalarini barqaror elektr energiyasi bilan taʼminlash imkoniyatini kengaytirmoqda. Masalan, quvvati 500 MVt bo‘lgan zamonaviy quyosh elektr stansiyasi yiliga o‘rtacha 1,1 milliard kVt·soatga yaqin elektr energiyasi ishlab chiqarishi mumkin. Bu esa qariyb 400-600 mingta xonadonning yillik ijtimoiy normasini qoplashga yetarli hisoblanadi.

✅ Bunday loyihalar hududlarda yangi ish o‘rinlarini ham yaratmoqda. Yirik elektr stansiyalari qurilishi jarayonida minglab mutaxassislar va ishchilar jalb qilinadi. Masalan, quvvati 500 MVt bo‘lgan yirik stansiya qurilishi davrida 1 000 nafardan ortiq ishchi ishtirok etishi mumkin. Ekspluatatsiya bosqichida esa yuzlab doimiy ish o‘rinlari yaratiladi.

✅ Shuningdek, loyihalar bilan bir qatorda yangi podstansiyalar, elektr uzatish tarmoqlari va avtomobil yo‘llari qurilmoqda. Bu hududlarning investitsion jozibadorligini oshirib, yangi sanoat obyektlarini joylashtirish uchun qulay sharoit yaratmoqda.

✅ Atrof-muhitni muhofaza qilish nuqtai nazaridan ham mazkur loyihalar muhim ahamiyatga ega. Qayta tiklanuvchi energiya manbalari hisobiga har yili 11 million tonna SO₂ chiqindilarining oldi olinishi kutilmoqda.

⇒ Xulosa qilib aytganda, quyosh va shamol elektr stansiyalari aholining turmush sifatini yaxshilash, yangi ish o‘rinlari yaratish, iqtisodiy faollikni oshirish va ekologik barqarorlikni taʼminlashga xizmat qilmoqda. 

‖ Facebook ‖ Instagram ‖ YouTube ‖

«O‘zbekiston MET» AJ Axborot xizmati 

http://t.me/uzmetaxborotxizmati