2019–2024-yillardagi maʼlumotlar ushbu havolada    arxiv.uzbekistonmet.uz
Yangiliklar
ENERGETIKA VAZIRLIGI: Energetika tizimining atrof-muhitga qo‘shgan hissasi: 5 oyda 2,6 mln tonna chiqindining oldi olindi
  • 05.06.2026
  • 5

#sarhisob #yashil_energiya

► Energetika tizimining atrof-muhitga qo‘shgan hissasi: 5 oyda 2,6 mln tonna chiqindining oldi olindi

5-iyun — Butunjahon atrof-muhitni muhofaza qilish kuni munosabati bilan ekologik barqarorlikni ta’minlashga qaratilgan amaliy natijalarga nazar tashlaymiz.

Joriy yilning dastlabki besh oyida mamlakatimizdagi quyosh va shamol elektr stansiyalari hisobiga atmosferaga 2,6 million tonna zararli moddalar chiqarilishining oldi olindi va 1,2 milliard kub metr tabiiy gaz tejaldi.

⇒ Yurtimizdagi yirik quvvatli quyosh va shamol elektr stansiyalari tomonidan jami 4 mlrd 661,4 mln kVt⋅soat elektr energiyasi ishlab chiqarildi.

⇒ Bu ko‘rsatkich o‘tgan yilning mos davriga nisbatan 911 mln kVt⋅soat yoki 24,3 foizga ko‘p demakdir.

Xususan:
• Quyosh FES tomonidan — 2 mlrd 761,0 mln kVt⋅soat;
• Shamol ES tomonidan — 1 mlrd 900,4 mln kVt⋅soat.

Buning natijasida:
⚡️1,2 mlrd kub metr tabiiy gaz tejalishiga erishildi;
♦ atmosferaga 2,6 mln tonna zararli moddalar chiqishining oldi olindi.

Joriy yil boshidan buyon kichik va yirik quvvatli quyosh, shamol hamda gidroelektr stansiyalar tomonidan 8 mlrd 576,7 mln kVt⋅soat elektr energiyasi ishlab chiqarildi.

2025-yil yanvar—may oylarida quyosh va shamol elektr stansiyalari tomonidan jami 3 mlrd 750,4 mln kVt⋅soat (quyosh — 2,2 mlrd, shamol — 1,5 mlrd kVt⋅soat) elektr energiyasi ishlab chiqarilgan edi.



► Maʼlumot uchun: mazkur hajmdagi elektr energiyasi o‘rtacha 4,6 mln xonadonning 5 oylik yoki 1,9 mln xonadonning bir yillik meʼyoriy bazasini tashkil qiladi.

• yanvar—mart oylarida “yashil” energiya
• fevral oyida “yashil” energiya
• mart oyida “yashil” energiya
• aprel oyida “yashil” energiya
• yanvar—aprel oylarida “yashil” energiya

Bu natijalar yurtimizda qayta tiklanuvchi energiya manbalarini rivojlantirish nafaqat energetik xavfsizlikni mustahkamlash, balki atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishlariga qarshi kurashishda ham muhim ahamiyat kasb etayotganini ko‘rsatadi.
 
Butunjahon atrof-muhitni muhofaza qilish kuni har birimizga tabiatga ehtiyotkorona munosabatda bo‘lish, resurslardan oqilona foydalanish va yashil kelajak uchun mas’uliyatni yana bir bor eslatadi.
 
Yashil kelajak — bugungi harakatlarimiz natijasidir.

Manba:  https://t.me/minenergy_uz/20028

«O‘zbekiston MET» AJ Axborot xizmati 

http://t.me/uzmetaxborotxizmati