2019–2024-yillardagi maʼlumotlar ushbu havolada    arxiv.uzbekistonmet.uz
Tenderlar
Maxsus xarid e'loni Loyiha: «Elektr energetikasi sektorini transformatsiya qilish va barqaror elektr uzatish» (ESTART)
  • 08.06.2026
  • 73

Maxsus xarid e'loni

O'zbekiston Respublikasi

Loyiha: « Elektr energetikasi sektorini transformatsiya qilish va barqaror elektr uzatish» (ESTART)

ESTART loyihasi Loyihalarni amalga oshirish guruhi (LAOG) uchun kompyuter texnikasi va boshqa qurilmarani xarid qilish

№: ESTART/RFQ/2026-1

1. O‘zbekiston Respublikasi Hukumati «Elektr energetika sektorini transformatsiya qilish va barqaror elektr uzatish» (ESTART) loyihasini amalga oshirish uchun Xalqaro taraqqiyot assotsiatsiyasidan (Bank) moliyalashtirish oldi va mazkur mablag‘larning bir qismini Loyihalarni amalga oshirish guruhi (LAOG) ehtiyojlari uchun, jumladan ESTART loyihasi doirasida kompyuter texnikasi va boshqa qurilmalarni sotib olish rejalashtirilgan.

2. Kompyuterlar va boshqa elektron qurilmalarni («Mahsulot») yetkazib berishdan maqsad — LAOG ofisini yuqori sifatli texnikalar bilan ta’minlashdir.

3. Yetkazib berish Shartnoma imzolangan sanadan e'tiboran 5 (besh) kun ichida amalga oshirilishi rejalashtirilgan. Ushbu xarid bo‘yicha batafsil Narx so‘rovi (RFQ) quyidagi havola orqali yuklab olinishi mumkin:

https://cloud.uzbekistonmet.uz/index.php/s/K5xmgd2XxkP2cM8

4. O‘zbekiston milliy elektr tarmog‘lari (O‘zMET) firmalarni o‘zlarining texnik va moliyaviy takliflarini taqdim etishga taklif etadi. Yetkazib berishni amalga oshirish uchun eng malakali firmalar Xarid qoidalarida bayon etilgan Narx so‘rovi (RFQ) tanlash usuli asosida tanlanadi. Ushbu taklifga ko‘ra firmalar narx takliflari ro‘yxati tuziladi va Shartnoma eng past narxni taklif etgan eng malakali firma bilan tuziladi.

5. Firmalarning e'tibori Jahon bankining «Investitsion loyihalarni moliyalashtirish bo‘yicha qarz oluvchilar uchun xarid qoidalari» (2025 yil sentabr) («Xarid qoidalari») III bo‘limi, 3.14, 3.16 va 3.17-bandlariga qaratiladi, ularda Jahon bankining manfaatlar to‘qnashuvi bo‘yicha siyosati bayon etilgan. Qo‘shma korxona tuzilgan taqdirda, uning barcha ishtirokchilari shartnoma bo‘yicha qo‘shma va alohida javobgarlik yuklaydi.

6. Qo‘shimcha ma'lumot quyidagi elektron pochta orqali olish mumkin:

pmu.modernization@gmail.com

7. RFQ ga ilova qilingan shakllardagi (1, 3 va 4-ilovalar) narx taklifingizni quyidagi manzilga elektron tarzda yuborish mumkin: pmu.modernization@gmail.com

Barcha zarur va to‘ldirilgan hujjatlar bitta parol bilan himoyalangan ZIP-faylga jamlanishi va elektron xat ilovasi sifatida yuborilishi lozim.

ZIP-fayliga parol ariza xatida ko‘rsatilmasligi kerak. Firmalar parolni 2026 yil 16 iyun, soat 16:00 dan (Toshkent vaqti bo‘yicha) erta bo‘lmagan holda va 2026 yil 16 iyun, soat 16:10 dan (Toshkent vaqti bo‘yicha) kech bo‘lmagan holda yuqoridagi manzilga alohida elektron xat orqali yuborishi kerak:

Kimga:

 

F.I.Sh.

Ismoiljon Abduganiyev

Telefon

+99871 236 66 33

Faks

Mavjud emas

Elektron pochta manzili

pmu.modernization@gmail.com

Takliflar qutisi fizik manzili (agar tadbiq etilsa)

Mavjud emas

Buyurtmachiga yuqorida 3-bandda ko‘rsatilgan manzilga narx taklifi (takliflari) qabul qilish uchun oxirgi muddat: 2026 yil 16 iyun, soat 16:00 (Toshkent vaqti bo‘yicha).

«O‘zbekiston MET» AJ Axborot xizmati 

http://t.me/uzmetaxborotxizmati