2019–2024-yillardagi maʼlumotlar ushbu havolada    arxiv.uzbekistonmet.uz
Yangiliklar
TOSHKENT SHAHRI: “Xavfsizlik texnikasi va mehnat muhofazasi kuni” tadbirlari o‘tkazildi
  • 10.06.2026
  • 4

O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 18-oktabrdagi 608-son qarori bilan tasdiqlangan “Elektr energetika obyektlarida xodimlar bilan ishlashni tashkil etish qoidalari” hamda "Toshkent shahar magistral elektr tarmoqlari" filiali tomonidan tasdiqlangan tegishli me’yoriy hujjatlar asosida:

220/110/35/10/6 kV kuchlanishli “Qo‘yliq” podstansiyasida “Xavfsizlik texnikasi va mehnat muhofazasi kuni” tadbiri tashkil etildi.

Tadbirda podstansiya xodimlari va mutaxassislari ishtirok etib, elektr qurilmalarida xavfsiz ishlash qoidalari, ish joylarida mehnat muhofazasi talablariga rioya etish, shaxsiy himoya vositalaridan to‘g‘ri foydalanish hamda favqulodda vaziyatlarning oldini olish masalalari yuzasidan tushuntirish ishlari olib borildi. 

‖ Facebook ‖ Instagram ‖ YouTube ‖

«O‘zbekiston MET» AJ Axborot xizmati 

http://t.me/uzmetaxborotxizmati 

❗️ «TOSHKENT SHAHAR MAGISTRAL ELEKTR TARMOQLARI» FILIALI

kanaliga a’zo bo’ling! 

http://t.me/Toshkent_shaharMET_Axborot