

110/10 kV kuchlanishli "Havaskor" podstansiyasida rejalashtirilgan texnik xizmat ko‘rsatish va joriy ta’mirlash ishlari muvaffaqiyatli bajarildi. Ushbu ishlar tarmoqlarni ishonchli energiya bilan ta’minlash hamda podstansiya uskunalarining barqaror ishlashini ta’minlashga qaratildi.
✅ Ta’mirlash davomida bajarilgan ishlar:
♦ Podstansiya elektr uskunalari to‘liq texnik ko‘rikdan o‘tkazilmoqda;
♦ Himoya relelari, avtomatika va boshqaruv tizimlari sinovdan o‘tkazilib sozlanmoqda;
♦ T-1 transformatori ham joriy ta’mirlandi: moy holati, izolyatsiya ko‘rsatkichlari va sovutish tizimi batafsil nazoratdan o‘tkazilmoqda.
⚙️ Mazkur texnik tadbirlar elektr tarmoqlariga barqaror va uzluksiz energiya yetkazib berishni ta’minlash, avariya holatlarini oldini olish va podstansiya ish unumdorligini oshirishga xizmat qiladi.
► Ishlar xavfsizlik texnikasi qoidalariga qat’iy amal qilingan holda olib borilmoqda.
‖ Facebook ‖ Instagram ‖ YouTube ‖
«O‘zbekiston MET» AJ Axborot xizmati
http://t.me/uzmetaxborotxizmati
❗️ “Xorazm magistral elektr tarmoqlari” filiali