

⇒ “O‘zbekiston milliy elektr tarmoqlari” AJ “Toshkent shahar magistral elektr tarmoqlari” filiali tasarrufidagi 35/10/6 kV kuchlanishli “Astronomicheskaya” podstansiyasida olib borilayotgan modernizatsiya-rekonstruksiya ishlari haqida qisqacha maʼlumot.
♦ Mazkur energetika obyekti — 35/10/6 kV kuchlanishli “Astronomicheskaya” podstansiyasi 1970-yilda foydalanishga topshirilgan. Ushbu podstansiyada quvvati 2x16 MVA bo‘lgan transformatorlar o‘rnatilgan. Aholining oshishi, isteʼmolchilar soni ko‘payganligi tufayli isteʼmolchilarni elektr taʼminoti bilan taʼminlaydigan taqsimlovchi tarmoqlarga quvvat o‘tkazishda ayrim muammolar yuzaga kelmoqda edi.
Shu sababli, Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 26-iyundagi 259-sonli qaror doirasida, “Hududiy elektr tarmoqlari” AJ “Toshkent shahar elektr tarmoqlari” filiali buyurtmachiligida “Turonelektromontaj” AJ va “Qibray transformator” MCHJ pudrat tashkilotlari tomonidan 1 dona quvvati 16 MVA bo'lgan transformatorni yangi, quvvati 25 MVA bo'lgan trasformatorga almashtirish hamda elektr qurilmalarini modernizasiya qilish ishlari bajarilgan.
Bugungi kunda 2025-yil 22-sentabrdagi Vazirlar Mahkamasining 598-sonli qarorning 1-ilovasi asosida “Astronomicheskaya” podstansiyasida modernizasiya ishlarini amalga oshirish uchun yetarli mablag' ajratilgan. Qarorga muvofiq, buyurtmachi “Hududiy elektr tarmoqlari” AJ “Toshkent shahar elektr tarmoqlari” filiali va “Tayyor holda topshirish” sharti bilan “O'zbekenergota'mir” AJ bosh pudratchi etib belgilangan. Ushbu qaror doirasida podstansiyasidagi mavjud quvvati 1x16 MVA bo'lgan transformatorlarni 1x25 MVA quvvatilisiga almashtirish ishlari bajarilgan va barcha elektr qurilmalarini modernizasiya qilinmoqda.
⚡️ Ushbu modernizatsiya ishlari natijasida aholi va ulgurji iste’molchilarining elektr ta’minoti yanada yaxshilanadi, 9 MVA qo‘shimcha quvvat zaxirasi yaratiladi hamda podstansiyalardagi elektr qurilmalarning ishonchli va barqaror ishlashi ta’minlanadi.
✍️ «Toshkent shahar magistral elektr tarmoqlari” filiali
‖ Facebook ‖ Instagram ‖ YouTube ‖
«O‘zbekiston MET» AJ Axborot xizmati
http://t.me/uzmetaxborotxizmati
❗️ «TOSHKENT SHAHAR MAGISTRAL ELEKTR TARMOQLARI» FILIALI
kanaliga a’zo bo’ling!
http://t.me/Toshkent_shaharMET_Axborot