
Bugun soat 04:07 da Toshkent shahrida joylashgan “Bunyodkor” podstansiyasida 10 kV kuchlanishli shinalar tizimida sodir bo‘lgan nosozlik sababli transformatorlar himoya tizimi ishlashi oqibatida favqulodda o‘chdi.
Natijada Chilonzor tumanining ayrim hududlari isteʼmolchilari elektr taʼminotida uzilishlar kuzatilmoqda.
Ayni paytda maxsus brigada tomonidan sodir bo‘lgan nosozlikni aniqlash va bartaraf etish ishlari olib borilmoqda. Isteʼmolchilarga zaxira manbalar orqali kuchlanish berish choralari ko‘rilmoqda.
Keltirilgan noqulayliklar uchun isteʼmolchilardan uzr so‘raymiz.
Avval xabar berganimizdek, bugun soat 04:07 da Toshkent shahrida joylashgan “Bunyodkor” podstansiyasida 10 kV kuchlanishli shinalar tizimida sodir bo‘lgan nosozlik tufayli Chilonzor tumanining ayrim hududlari isteʼmolchilari elektr taʼminotida uzilishlar kuzatilgan edi.
Ayni paytda tarmoqdan vaqtincha uzilgan isteʼmolchilarning 80-85 foiziga zaxira tarmoqlar orqali kuchlanish berildi.
Hozirda maxsus brigada tomonidan sodir bo‘lgan nosozlikni bartaraf etish ishlari davom ettirilmoqda.
Taʼmirlash-sozlash ishlari xususida batafsil maʼlumot taqdim etamiz.
Keltirilgan noqulayliklar uchun isteʼmolchilardan uzr so‘raymiz.

Avval xabar berganimizdek, “Bunyodkor” podstansiyasida sodir bo‘lgan nosozlik mutaxassislar tomonidan bartaraf etilmoqda.
Ayni paytda isteʼmolchilarning o‘chiq turgan qismiga tez orada kuchlanish beriladi.
Keltirilgan noqulayliklar uchun isteʼmolchilardan uzr so‘raymiz.

Avval xabar berganimizdek, “Bunyodkor” podstansiyasida sodir bo‘lgan nosozlik mutaxassislar tomonidan bartaraf etilmoqda.
Ayni paytda isteʼmolchilarning o‘chiq turgan qismiga kuchlanish berish choralari ko‘rilmoqda.
Shuningdek, mahallalarga, ko‘pqavatli uylarga zaxira (dizel) generatorlar orqali kuchlanish berish choralari ko‘rilmoqda.
Keltirilgan noqulayliklar uchun isteʼmolchilardan uzr so‘raymiz.
‖ Facebook ‖ Instagram ‖ YouTube ‖
«O‘zbekiston MET» AJ Axborot xizmati
http://t.me/uzmetaxborotxizmati
❗️ «TOSHKENT SHAHAR MAGISTRAL ELEKTR TARMOQLARI» FILIALI
kanaliga a’zo bo’ling!