2019–2024-yillardagi maʼlumotlar ushbu havolada    arxiv.uzbekistonmet.uz
Yangiliklar
FM.103.1 to‘lqinlarida radiotinglovchlarga «yashil energiya» manbalari hamda energetika sohadagi islohotlar haqida axborot berildi
  • 12.06.2026
  • 14

✍️ «O‘zbekiston» radiokanalining FM.103.1 to‘lqinlarida efirga uzatilgan «TAHLIL+» informatsion dasturida «O‘zbekiston milliy elektr tarmoqlari» aksiyadorlik jamiyati Elektr stansiyalarini tizimga ulash sho‘basi boshlig'i Ravshanjon Yoqubjonov O‘zbekiston Respublikasi energetika sohasida amalga oshirilayotgan islohotlar, amalga kiritilayotgan yangiliklar, «yashil energiya» manbalari haqida radiotinglovchilarga axborot berdi.

Radiodasturni jurnalist O‘rol Pardayev tayyorlagan. Radioboshlovchi — Dilorom Xudoyberdiyeva.



⚡️ O‘zbekiston 2030 yilga qadar elektr energiyasi ishlab chiqarishda qayta tiklanuvchi energiya manbalari ulushini 54 foizga yetkazishni maqsad qilgan.

✅ Buning uchun mamlakatda umumiy quvvati 20 GVtdan ortiq bo‘lgan quyosh va shamol elektr stansiyalari hamda energiya saqlash tizimlarini ishga tushirish rejalashtirilgan.

 2030-yilga kelib mamlakatda elektr energiyasi ishlab chiqarish hajmini 120 milliard kVt·soatga yetkazish rejalashtirilgan. Bu aholi va iqtisodiyotning o‘sib borayotgan ehtiyojini to‘liq taʼminlash imkonini beradi.

► Youtube’da ko‘rish

 Yashil energetika sohasida amalga oshirilayotgan loyihalar milliardlab dollarlik investitsiyalarni jalb qilish, minglab yangi ish o‘rinlarini yaratish va yuqori texnologiyali sohalarni rivojlantirishga xizmat qiladi.

 Shuningdek, atmosferaga chiqariladigan zararli gazlar hajmi yiliga 8-10 million tonnadan ortiqqa qisqarishi kutilmoqda. Bu mamlakatning xalqaro ekologik majburiyatlarini bajarishiga ham xizmat qiladi.

‖ Facebook ‖ Instagram ‖ YouTube ‖

«O‘zbekiston MET» AJ Axborot xizmati 

http://t.me/uzmetaxborotxizmati