2019–2024-yillardagi maʼlumotlar ushbu havolada    arxiv.uzbekistonmet.uz
Yangiliklar
SIRDARYO VILOYATI: “Navbahor” podstansiyasida mukammal ta’mirlash ishlari bajarildi
  • 12.06.2026
  • 11

“Sirdaryo magistral elektr tarmoqlari” filiali tasarrufdagi 110/10 kV kuchlanishli “Navbahor” podstansiyasida rejalashtirilgan mukammal ta’mirlash ishlari amalga oshirildi.

⚡️ Jumladan, podstansiyadagi quvvati 2 500 kVA bo‘lgan T-2 kuch transformatorida mukammal ta’mirlash ishlari bajarildi. Ta’mirlash jarayonida transformatorning asosiy texnologik qismlari ko‘zdan kechirilib, texnik holati baholandi hamda zarur profilaktik va tiklash ishlari olib borildi.

Mazkur tadbirlar transformator uskunasining ishonchli va samarali ishlashini ta’minlash, avariyaviy holatlarning oldini olish hamda iste’molchilarni sifatli elektr energiyasi bilan barqaror ta’minlashga xizmat qiladi. 

‖ Facebook ‖ Instagram ‖ YouTube ‖

«O‘zbekiston MET» AJ Axborot xizmati 

http://t.me/uzmetaxborotxizmati 

❗️ "SIRDARYO MAGISTRAL ELEKTR TARMOQLARI" FILIALI

kanaliga obuna bo‘ling! 

https://t.me/SirdaryoMET_Axborot