

© «O‘zbekiston» telekanali, «MUNOSABAT» tok-shousi
⚡️ Mavzu: «ENERGIYA TEJAMKORLIGI VA SAMARADORLIGI»
► Youtube’da ko‘rish
Elektr energiyasiga bo‘lgan ehtiyojlarimiz ortib borar ekan, ushbu resurslardan imkon qadar tejamkorlik bilan foydalanish sizning xarajatlaringizni kamayishida yordam beradi va albatta isrofgarchilikka yo‘l qo‘yilmaydi.
Bugun hayotimizni elektr energiyasiz tasavvur qila olmaymiz. Shunday ekan, zarurat bo‘lmagan hollarda elektr qurilmalarini tarmoqdan ajratib qo‘yish maqsadga muofiqdir.
✈️ Unutmang, energiya resurslaridan oqilona va tejamkorlik bilan foydalanish barchamiz uchun foydalidir.
❗️ Energiya resurslarini asrab-avaylash madaniyati kelajak — avlod oldidagi masʼuliyat!
• Energiya resurslaridan oqilona foydalanish masalasi energiya samaradorligi pastligicha qolayotgan va energiya isteʼmoli madaniyatini oshirishga ehtiyoj mavjud hozirgi sharoitda yana-da dolzarb ahamiyat kasb etmoqda.
• Isrofgarchilik shundoq ham energiya resurslari kamayib borayotgan bir sharoitda barqarorlikka salbiy taʼsir ko‘rsatadi.
⚡️ Elektr energiyasi ham neʼmat. Uning isrof bo‘lishiga yo‘l qo‘ymaslik, asrash masʼuliyati — barchamiz uchun vijdon ishi, burch bo‘lishi kerak. Bunda aholi sarflayotgan oylik yoki yillik elektr energiya hajmini o‘zi mustaqil nazorat va tahlil qilib borishi, xulosa qilishi, tabiiy ravishda tejamkorlikni taʼminlashi samarali natija beradi.
✅ Masalaning yana bir jihati, energiya tejamkorlikni doimiy madaniyatga aylantirish uchun moliyaviy motivatsiya ham bo‘lishi kerak. Agar elektr narxi bozor narxidan bir necha barobar arzon bo‘lsa, tejamkorlik haqidagi maʼruza va nasihatlar ish bermasligi aniq.
‖ Facebook ‖ Instagram ‖ YouTube ‖
«O‘zbekiston MET» AJ Axborot xizmati