2019–2024-yillardagi maʼlumotlar ushbu havolada    arxiv.uzbekistonmet.uz
Yangiliklar
NAMANGAN VILOYATI: 35/10 kV kuchlanishli energetika obyektlarida ta’mirlash ishlari olib borildi
  • 13.06.2026
  • 13

Avval xabar berganimizdek, “O‘zbekiston milliy elektr tarmoqlari” AJning “Namangan magistral elektr tarmoqlari” filiali mutaxassislari tomonidan elektr tarmoqlarining ishonchli va barqaror ishlashini ta’minlash maqsadida 35/10 kV kuchlanishli “Qizilravot” podstansiyasida rejali joriy ta’mirlash ishlari olib borildi.

⚙️ Ta’minlash ishlari davomida podstansiyaning T-1 kuch transformatori hamda 10 kVli 1-shinalar tizimida texnik xizmat ko‘rsatish va ta’mirlash ishlari amalga oshirildi. Mutaxassislar tomonidan elektr uskunalari ko‘rikdan o‘tkazilib, mavjud kamchiliklarni bartaraf etish, qurilmalarning texnik holatini yaxshilash bo‘yicha zarur chora-tadbirlar bajarildi. 

‖ Facebook ‖ Instagram ‖ YouTube ‖

«O‘zbekiston MET» AJ Axborot xizmati 

http://t.me/uzmetaxborotxizmati 

“Namangan magistral elektr tarmoqlari” filiali kanaliga obuna bo‘ling! 

https://t.me/NamanganMET_Axborot