2019–2024-yillardagi maʼlumotlar ushbu havolada    arxiv.uzbekistonmet.uz
Yangiliklar
SAYYOR QABUL: Tadbirkorlar murojaati va takliflari tinglandi — Qashqadaryo viloyati
  • 15.06.2026
  • 31

Tadbirkorlar murojaati va takliflari tinglandi

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining tadbirkorlar bilan ochiq muloqotiga tayyorgarlik ko‘rish, tadbirkorlarning murojaatlari, muammo va takliflarini tizimli o‘rganish maqsadida Energetika vazirligi tomonidan hududlarda tashkil etilayotgan sayyor qabullar doirasida Qashqadaryo viloyatida navbatdagi qabul o‘tkazildi.

Qabul Energetika vazirligi Strategik rejalashtirish bo‘limi boshlig‘i Shavkatjon Xudoberdiyev tomonidan olib borildi.

Muloqot davomida tadbirkorlar tomonidan elektr va gaz ta’minoti, tarmoqlarga ulanish, ishlab chiqarish faoliyatini rivojlantirish hamda sohadagi mavjud muammolar yuzasidan murojaatlar, taklif va tashabbuslar bildirildi.
 

Har bir murojaat atroflicha ko‘rib chiqilib, ularni hal etish bo‘yicha mas’ullarga tegishli topshiriqlar berildi.


Shuningdek, tadbirkorlik subyektlarini qiynayotgan masalalarni bartaraf etish va ularga amaliy ko‘mak ko‘rsatish yuzasidan choralar belgilab olindi. 

‖ Facebook ‖ Instagram ‖ YouTube ‖ 

«O‘zbekiston MET» AJ Axborot xizmati 

http://t.me/uzmetaxborotxizmat 

❗️"QASHQADARYO MAGISTRAL ELEKTR TARMOQLARI" FILIALI 

https://t.me/QashqadaryoMET