2019–2024-yillardagi maʼlumotlar ushbu havolada    arxiv.uzbekistonmet.uz
Yangiliklar
TOSHKENT SHAHRI: Yuqori kuchlanishli energetika obyektining o‘tkazuvchanlik quvvati oshirilmoqda
  • 17.06.2026
  • 60

“O‘zbekiston MET” AJ “Toshkent shahar MET” filiali tasarrufidagi 110/10/6 kV kuchlanishli “Vistavochnaya” podstansiyasi haqida maʼlumot.

 “O‘zbekiston MET” AJ “Toshkent shahar MET” filiali tasarrufidagi 110/10/6 kV kuchlanishli “Vistavochnaya” podstansiyasi 1965-yilda foydalanishga topshirilgan. Mazkur podstansiyada quvvati 2x25 MVA bo‘lgan transformatorlar o‘rnatilgan. Aholining oshishi, isteʼmolchilar soni 17 819 taga yetganligi tufayli elektr quvvatini barqaror yetkizib berishda turli nosozliklar yuzaga kelmoqda edi.

Shu sababdan 2025-yil 22-sentabrdagi Vazirlar Mahkamasining 598-sonli qarorning 1-ilovasi asosida “Vistavochnaya” podstansiyasida modernizatsiya ishlarini amalga oshirish uchun yetarli mablag‘ ajratilgan. Qarorga muvofiq buyurtmachi “Hududiy elektr tarmoqlari” AJ va “Tayyor holda topshirish” sharti bilan “O‘zenergotaʼmir” AJ bosh pudratchi etib tanlangan.

Ushbu qaror doirasida podstansiyasidagi mavjud quvvati 2x25 MVA bo‘lgan transformatorlarni quvvati 2x40 MVAlisiga almashtirish ishlari bajarilgan va barcha elektr qurilmalarini modernizatsiya qilinmoqda.

✍️ «Toshkent shahar magistral elektr tarmoqlari” filiali

«O‘zbekiston MET» AJ Axborot xizmati

t.me/uzmetaxborotxizmati