
✍️ «Sevimli-FM» radiokanalining FM.103.5 to‘lqinlarida efirga uzatilgan «Muhim va dolzarb mavzu» loyihasida «O‘zbekiston milliy elektr tarmoqlari» aksiyadorlik jamiyati bosqaruvi raisining axborot siyosati masalalari bo‘yicha maslahatchisi — matbuot kotibi U. P. Urunov energiya tejamkorligi va samaradorligi hamda sohadagi islohotlar haqida axborot berdi.
⇒Boshlovchi: Nargiza Qulmatova.
► Youtube’da ko‘rish
#Arxiv Isitish va sovitish jihozlaridan ham to‘g‘ri, oqilona foydalanish — energiya samaradorlik ko‘rsatkichlaridan biri. Ushbu ko‘rsatkichlar, avvalo, shaharsozlik loyihalari, bino-inshootlar qurilishini loyihalashtirish, qurilish materiallarini tanlash, sifatli qurish jarayoni, bino-inshootlarning ichki intererni jihozlash, uni to‘g‘ri ekspluatatsiya qilish (bino-inshootlardan foydalanish) me’yorlariga amal qilish bilan chambarchas bog‘liq. Oddiy so‘z bilan aytganda, noto‘g‘ri qurilgan bino-inshootdan tortib noto‘g‘ri foydalanilgan oddiy maishiy uskuna-jihozlargacha — iqtisodiyotga katta zarar, jamiyat va davlat taraqqiyotining kushandasi hisoblanadi.
✅ Energiya tejamkorligi va samaradorligi oddiy, ko‘zilg‘amas mayda tushunchalar yig‘indisi orqali shakllangani bilan energetika, shaharsozlik, uy-joy kommunal tizimiga, sanoat korxonalaridan tortib kichik va o‘rta biznes obyektlariga zamonaviy, raqamli dasturlar asosida ishlaydigan uskuna va jihozlar kirib kelmas ekan — energiya tejamkorligi va samaradorligi borasidagi harakatlarimiz teshik tog‘orada suv tashigan bilan barobar.
Marhamat, jonli efirdan yozib olingan radiomuloqot dasturi bilan tanishing!
‖ Facebook ‖ Instagram ‖ YouTube ‖
«O‘zbekiston MET» AJ Axborot xizmati