

“Namangan magistral elektr tarmoqlari” filiali Podstansiyalar xizmati Norin–Uchqo‘rg‘on guruhi mutaxassislari tomonidan elektr energiyasi ta’minotining ishonchliligi va barqarorligini yanada oshirish maqsadida 35/6 kV kuchlanishli “Sohil” podstansiyasida joriy ta’mirlash hamda sinov ishlari olib borildi.
Ta’mirlash jarayonida podstansiyaning asosiy elektr uskunalari ko‘zdan kechirilib, ularning texnik holati tekshirildi. Shuningdek, zarur profilaktik tadbirlar bajarilib, uskunalarning sifatli va xavfsiz ishlashini ta’minlashga qaratilgan sinov ishlari amalga oshirildi.
‖ Facebook ‖ Instagram ‖ YouTube ‖
«O‘zbekiston MET» AJ Axborot xizmati
http://t.me/uzmetaxborotxizmati
“Namangan magistral elektr tarmoqlari” filiali kanaliga obuna bo‘ling!