2019–2024-yillardagi maʼlumotlar ushbu havolada    arxiv.uzbekistonmet.uz
Yangiliklar
ENERGETIKADA TARG‘IBOT: «Nurafshon» telekanali, «NIGOH» loyihasi (podkast, (2-qism)
  • 22.06.2026
  • 8

© «Nurafshon» telekanali, «NIGOH» loyihasi (podkast)
 

⚡️ Mavzu: «Yashil energetika yo’lidagi islohotlar, energiya tejamkorligi va samaradorligi» (2-qism)

► Youtube’da ko‘rish

⚡️ O‘zbekiston 2030 yilga qadar elektr energiyasi ishlab chiqarishda qayta tiklanuvchi energiya manbalari ulushini 54 foizga yetkazishni maqsad qilgan.

✅ Buning uchun mamlakatda umumiy quvvati 20 GVtdan ortiq bo‘lgan quyosh va shamol elektr stansiyalari hamda energiya saqlash tizimlarini ishga tushirish rejalashtirilgan.

⇒ 2030-yilga kelib mamlakatda elektr energiyasi ishlab chiqarish hajmini 120 milliard kVt·soatga yetkazish rejalashtirilgan. Bu aholi va iqtisodiyotning o‘sib borayotgan ehtiyojini to‘liq taʼminlash imkonini beradi.



⚡️ Elektr energiyasi ham neʼmat. Uning isrof bo‘lishiga yo‘l qo‘ymaslik, asrash masʼuliyati — barchamiz uchun vijdon ishi, burch bo‘lishi kerak. Bunda aholi sarflayotgan oylik yoki yillik elektr energiya hajmini o‘zi mustaqil nazorat va tahlil qilib borishi, xulosa qilishi, tabiiy ravishda tejamkorlikni taʼminlashi samarali natija beradi.

✅ Masalaning yana bir jihati, energiya tejamkorlikni doimiy madaniyatga aylantirish uchun moliyaviy motivatsiya ham bo‘lishi kerak. Agar elektr narxi bozor narxidan bir necha barobar arzon bo‘lsa, tejamkorlik haqidagi maʼruza va nasihatlar ish bermasligi aniq. 

‖ Facebook ‖ Instagram ‖ YouTube ‖

«O‘zbekiston MET» AJ Axborot xizmati 

http://t.me/uzmetaxborotxizmati