

✍️ “O‘zbekiston milliy elektr tarmoqlari” AJ “Toshkent shahar magistral elektr tarmoqlari” filiali tasarrufidagi 110/35/6 kV kuchlanishli “Botanicheskaya” podstansiyasida olib borilayotgan modernizatsiya va rekonstruksiya ishlari haqida qisqacha ma'lumot.
→ Mazkur energetika obyekti — 110/35/6 kV kuchlanishli “Botanicheskaya” podstansiyasi 1970-yilda foydalanishga topshirilgan. Podstansiyada quvvati T-1 — 40 MVA va T-2 — 63 MVA bo‘lgan kuch transformatorlari o‘rnatilgan. So‘nggi yillarda aholi soni hamda elektr energiyasi iste'molchilarining ortib borishi natijasida mavjud quvvatlarga yuklama sezilarli darajada oshgan.
→ Shu sababli “Botanicheskaya” podstansiyasida keng ko‘lamli modernizatsiya ishlari amalga oshirilmoqda.
⚡️ Loyiha doirasida mavjud quvvati T-1 — 40 MVA va T-2 — 63 MVA bo‘lgan transformatorlar zamonaviy, quvvati 2×80 MVA bo‘lgan transformatorlarga almashtirildi. Shu bilan birga podstansiyadagi elektr qurilmalari, rele himoyasi va avtomatika tizimlari ham bosqichma-bosqich yangilanmoqda.
► Hozirgi kunda obyektda qurilish-montaj hamda sozlash ishlari davom etmoqda.
⚡️ Modernizatsiya ishlari to‘liq yakunlangach, podstansiyaning elektr energiyasini uzatish imkoniyatlari sezilarli darajada oshadi. Bu esa iste'molchilarni barqaror va sifatli elektr energiyasi bilan ta'minlash, yuqori yuklama davrlarida yuzaga kelishi mumkin bo‘lgan nosozliklarning oldini olish hamda elektr ta'minoti ishonchliligini yanada mustahkamlashga xizmat qiladi.
‖ Facebook ‖ Instagram ‖ YouTube ‖
«O‘zbekiston MET» AJ Axborot xizmati
http://t.me/uzmetaxborotxizmati
❗️ «TOSHKENT SHAHAR MAGISTRAL ELEKTR TARMOQLARI» FILIALI
kanaliga a’zo bo’ling!