2019–2024-yillardagi maʼlumotlar ushbu havolada    arxiv.uzbekistonmet.uz
Yangiliklar
XIZMAT SAFARI: 110 kV kuchlanishli "Chinobod" hamda "Oltin vodiy" podstansiyalari — Andijon viloyati
  • 23.06.2026
  • 20

"O‘zbekiston milliy elektr tarmoqlari" aksiyadorlik jamiyati boshqaruvi raisining birinchi o‘rinbosari B.H.Murodov Filial balansidagi 110 kV kuchlanishli "Chinobod" podstansiyasining quvvat o'tkazuvchanligi oshirish maqsadida 16 MVA quvvatli kuch transformatori oʻrniga olib kelingan 40 MVA quvvatli transformatorni almashtirish bo‘yicha mas’ullarga tegishli topshiriqlar berdi.

⚙️ Shuningdek, 110 kV kuchlanishli "Oltin vodiy" podstansiyasidagi mavjud elektr qurilmalarni ko'rikdan o‘tkazib, kunning issiq vaqtida doimiy nazorat olib borish to‘g‘risida navbatchi хodimlarga koʻrsatmalar berdi.

⚡️ Maʼlumot o‘rnida, “Andijon magistral elektr tarmoqlari” filiali mutaxassislari tomonidan mavjud quvvatlarni oshirish bo‘yicha modernizatsiya-rekonstruksiya loyihalari bajarilib, eksplutatatsiya qilinayotgan tarmoqlarda joriy va mukammal ta’mirlash ishlari amalga oshirilmoqda. 

‖ Facebook ‖ Instagram ‖ YouTube ‖

«O‘zbekiston MET» AJ Axborot xizmati 

http://t.me/uzmetaxborotxizmati 

❗️ “Andijon magistral elektr tarmoqlari” filiali 

http://t.me/AndijonMET_Axborot