
Maxsus xarid bildirishnomasi – oldindan malakaviy tanlovsiz takliflar soʻrovi
Takliflar soʻrovi
Axborot tizimlari
(Loyihalash, yetkazib berish va oʻrnatish)
(Oldindan malakaviy tanlovsiz)
Buyurtmachi: "Oʻzbekiston milliy elektr tarmoqlari" aksiyadorlik jamiyati
Loyiha: “Elektroenergetika sektorini transformatsiya qilish va barqaror elektr uzatish” (ESTART)
Shartnoma nomi: Telekommunikatsiya tizimlarini loyihalash, yetkazib berish va oʻrnatish
Mamlakat: Oʻzbekiston Respublikasi
Kredit raqami: IDA 6943-UZ, Scale-up window 6944-UZ
TS raqami: RFP/TELECOM/2026
Chiqarilgan sana: 2026-yil 22-iyun
1. Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi “Elektroenergetika sektorini transformatsiya qilish va barqaror elektr uzatish” (ESTART) loyihasini moliyalashtirish uchun Jahon bankidan mablagʻ olgan boʻlib, ushbu mablagʻlarning bir qismini telekommunikatsiya tizimlarini loyihalash, yetkazib berish va oʻrnatish boʻyicha Shartnoma doirasidagi toʻlovlarga yoʻnaltirishni rejalashtirgan. Ushbu Shartnoma boʻyicha Qarz oluvchi toʻlovlarni Jahon bankining investitsiya loyihalarini moliyalashtirish boʻyicha toʻlovlar amalga oshirish yoʻriqnomasida belgilangan toʻgʻridan-toʻgʻri toʻlov usuli orqali amalga oshiradi, bundan Shartnoma shartlariga muvofiq akkreditiv orqali amalga oshiriladigan toʻlovlar mustasno.
2. "Oʻzbekiston milliy elektr tarmoqlari" aksiyadorlik jamiyati Oʻzbekiston Respublikasining energetika tizimi uchun telekommunikatsiya tizimlarini loyihalash, yetkazib berish va oʻrnatish boʻyicha talablarga javob beruvchi Ishtirokchilardan muhrlangаn Takliflarni taqdim etishga taklif qiladi. Loyiha butun mamlakat hududini qamrab oladi; amalga oshirish muddati — 15 oy. Loyihaning maqsadi magistral tarmoqlar uchun 100 Gbit/s va kirish zonalari uchun 10 Gbit/s oʻtkazuvchanlik quvvatiga ega IP/MPLS texnologiyasi asosidagi telekommunikatsiya tarmogʻini yaratishdan iborat.
3. Xarid Jahon bankining «IPF qarz oluvchilari uchun xarid qilish qoidalari» (2016-yil iyul, 2025-yil sentabrda qayta koʻrib chiqilgan) («Xarid qoidalari») asosida Takliflar Soʻrovi (TS) tartib-taomilini qoʻllagan holda xalqaro raqobatli xarid shaklida oʻtkaziladi va Xarid qoidalarida belgilangan barcha talablarga javob beruvchi Ishtirokchilar uchun ochiqdir.
4. Takliflarni baholash Tender hujjatlarida belgilangan baholash tartib-taomillariga muvofiq amalga oshiriladi. Quyidagi koeffitsientlar qoʻllaniladi: reyting mezonlari (texnik va narxsiz omillar) uchun — 40%; Taklif qiymati uchun — 60%.
5. Talablarga javob beruvchi Ishtirokchilar "Oʻzbekiston milliy elektr tarmoqlari" aksiyadorlik jamiyatining negutelecom@gmail.com elektron pochta manzili orqali qoʻshimcha ma’lumot olishlari, shuningdek, quyida koʻrsatilgan manzilda ish vaqti — soat 09:00 dan 17:00 gacha Takliflar Soʻroviga oid hujjatlar bilan tanishishlari mumkin.
6. Takliflar Soʻroviga oid hujjatlar ingliz tilida quyida koʻrsatilgan manzilga yozma ariza taqdim etgan va talablarga javob beradigan Ishtirokchilarga beriladi.
7. Takliflar 2026-yil 3-avgust kuni soat 11:00 gacha (Toshkent vaqti boʻyicha) quyida koʻrsatilgan manzilga yetkazilishi lozim. Takliflarni elektron shaklda taqdim etishga ruxsat berilmaydi. Kechiktirib taqdim etilgan Takliflar rad etiladi. «ORIGINAL PROPOSAL» deb belgilangan tashqi konvertlar va «TECHNICAL PART» deb belgilangan ichki konvertlar 2026-yil 3-avgust kuni soat 11:00 da (Toshkent vaqti boʻyicha) Oʻzbekiston Respublikasi, Toshkent shahri, Osiyo koʻchasi, 42-uy manzilida Ishtirokchilarning vakolatli vakillari va ishtiroq etishni istagan barcha shaxslar ishtirokida oshkora ochiladi. «FINANCIAL PART» deb belgilangan barcha konvertlar ochilmagan holda ikkinchi ochilish oʻtkazilguniga qadar Buyurtmachi saqlovida qoladi.
8. Barcha Takliflar 100 000 AQSh dollari miqdorida bank kafolati bilan birga taqdim etilishi lozim.
9. Xarid qoidalariga muvofiq, Qarz oluvchi gʻolib Ishtirokchining benefitsiar egalari toʻgʻrisidagi ma’lumotlarni Shartnoma berilishi haqidagi bildirishnoma tarkibida Tender hujjatlariga kiritilgan benefitsiar egalikni oshkor qilish shakli yordamida e’lon qilishi shart ekanligi e’tiborga olinsin.
10. Yuqorida koʻrsatilgan manzil:
“Oʻzbekiston milliy elektr tarmoqlari” aksiyadorlik jamiyati
Feruz Qurbonov, Boshqaruv raisi oʻrinbosari
Oʻzbekiston Respublikasi, Toshkent shahri, Osiyo koʻchasi, 42-uy, 100 084
+998 71 236 66 33 | +998 71 208 56 39
negutelecom@gmail.com
telecom@uzbekistonmet.uz
www.uzbekistonmet.uz
«O‘zbekiston MET» AJ Axborot xizmati