2019–2024-yillardagi maʼlumotlar ushbu havolada    arxiv.uzbekistonmet.uz
Yangiliklar
TOSHKENT SHAHRI VA VILOYATI: 110 kV kuchlanishli L-O-Z-1 elektr uzatish tarmog‘iga kuchlanish berilib, isteʼmolchilar elektr taʼminoti tiklandi
  • 23.06.2026
  • 17

Bugun soat 19:55 da Toshkent shahrida joylashgan “Zafar” podstansiyasidan chiquvchi 110 kV kuchlanishli L-O-Z-1 elektr uzatish tarmog‘i isteʼmolchi balansidagi “Rohat” podstansiyasi shaxobchasidagi shikastlanish natijasida himoya tizimi ishlashi oqibatida favqulodda o‘chdi.

Natijada Toshkent shahrining Yashnobod, Mirzo Ulug‘bek va Toshkent viloyatining Yuqori Chirchiq, Qibray tumanlari ayrim hududlari isteʼmolchilari elektr taʼminotida qisqa muddatga uzilishlar kuzatildi.

Ayni paytda maxsus brigada tomonidan sodir bo‘lgan nosozlikni aniqlash va bartaraf etish ishlari olib borilmoqda. Isteʼmolchilarga zaxira manbalar orqali kuchlanish berish choralari ko‘rilmoqda.

Keltirilgan noqulayliklar uchun isteʼmolchilardan uzr so‘raymiz.

Soat 22:52 da 110 kV kuchlanishli L-O-Z-1 elektr uzatish tarmog‘iga kuchlanish berildi.

Isteʼmolchilardan keltirilgan noqulayliklar uchun uzr so‘raymiz.

«O‘zbekiston MET» AJ Axborot xizmati 

http://t.me/uzmetaxborotxizmati 

❗️ «TOSHKENT SHAHAR MAGISTRAL ELEKTR TARMOQLARI» FILIALI