

Murojaat egasi: Tosheva Ruxsora Burhonovna, «Navoiy MET» filiali xodimi
Elektron pochta: toshovaruxsora@gmail.com
Murojaat mazmuni: «O‘zbekiston milliy elektr tarmoqlari» aksiyadorlik jamiyati boshqaruvi raisi o‘rinbosari F.M.Qurbonovga, Zudlik bilan kurib chikilishini so‘rab,
MUROJAAT XATI
Hurmatli Feruz Mustafoyevich!
Sizning ko‘p yillik boshqaruv tajribangiz va qonun ustuvorligini taʼminlashdagi qatʼiyatingizga tayangan holda, jamoamizdagi sog‘lom ish muhitiga putur yetkazayotgan holat yuzasidan ushbu murojaatni yo‘llamoqdaman.
“Navoiy MET” xo‘jalik mudiri B.H.tomonidan 2026-yil 28-aprelda taqdim etilgan murojaat xatida mening shaxsiyatim va 16 yillik mehnat faoliyatim asossiz ravishda tahqirlangan.
Ushbu xatdagi “lavozimdan bo‘shatish”, “qarindosh-urug‘chilik” va “davlatga zarar yetkazish” kabi ayblovlar nafaqat haqiqatga to‘g‘ri kelmaydi, balki O‘zbekiston Respublikasi qonunchiligi, kasb etikasi va odob-axloq qoidalarining qo‘pol ravishda buzilishidir.
Xususan, quyidagilarni maʼlum qilaman:
1. Shaxsiy maʼlumotlar daxlsizligi: B.H. tomonidan mening shaxsiy maʼlumotlarim, maoshim va oilaviy sharoitimning asossiz ravishda oshkor qilinishi va talqin etilishi “Shaxsga doir maʼlumotlar to‘g‘risida”gi Qonun talablariga ziddir.
2. Etika va zo‘ravonlik: 2026-yil 26-fevral kuni B.Hamidov xodimlar bo‘limiga kelib, meni va hamkasblarimni nojo‘ya so‘zlar bilan haqorat qilgan hamda jismoniy kuch ishlatishga harakat qilgan. Bunday holatlar tizimli ravishda davom etib kelmoqda. Uning ayol xodimlarga nisbatan tajovuzkor munosabati va baqirishi insoniy qadr-qimmatni toptash, deb baholanadi.
3. Vakolat doirasi: Yetakchi muhandis sifatida, lavozim yo‘riqnomamga asosan, xodimlarning ish vaqtidagi tartibini nazorat qilish huquqiga egaman. Biroq, B.Hamidov o‘zining xizmat vazifalarini bajarish o‘rniga, qonuniy talablarga zo‘ravonlik va tahqir bilan javob qaytarmoqda.
Yuqoridagi voqealarning haqqoniyligini quyidagi ism-sharifi keltirilgan xodimlar tasdiqlashi mumkin:
• M.Eshmirzayev, Sh.Iydiyeva, D.Hikmatova, F.Hakimov, S.Dushamov va M.Nazarova.
Shuningdek, korxonaning 2-qavatida faoliyat yuritayotgan Hisobxona, XEUX va Moliya-iqtisod guruhi xodimlari bilan suhbat o‘tkazilsa, B.Hamidovning jamoadagi muhiti, ayol xodimlarga bo‘lgan hurmatsizligi va ichki tartib-qoidalarni muntazam buzishi yaqqol namoyon bo‘ladi.
Yuqoridagilardan kelib chiqib,
Sizdan:
• Mening shaʼnim, qadr-qimmatim va mehnat huquqlarimni himoya qilishingizni;
• B.Hamidovning xatti-harakatlariga huquqiy baho berib, «Navoiy MET» filiali xo‘jalik mudiri lavozim yo‘riqnomasining 2.3-bandi va Mehnat kodeksi talablari asosida u bilan tuzilgan mehnat shartnomasini bekor qilish masalasini ko‘rib chiqishingizni so‘rayman.
Zero, davlat tashkilotida xotin-qizlarga nisbatan zo‘ravonlik va asossiz taʼqiblarning bo‘lishi yurtimizda olib borilayotgan gender tenglik siyosatiga mutlaqo ziddir.
Adolatli qaroringizga ishongan holda,
R.B.Tosheva, «Navoiy MET» filiali yetakchi muhandisi:
2026-yil “12” may
Murojaatga javob: Hurmatli R.B.Tosheva, «Navoiy MET» filiali yetakchi muhandisi, Sizning murojaatingiz qayd etilib, ijro uchun tegishli boshqarmalarga yo‘naltirildi. Ijro muddati tegishli tartibda buyruq bilan uzaytirildi. Xizmat teksiruvi tayinlandi.
Rasmiy javob xati va uning mazmuni quyidagicha
«O‘zbekiston MET» AJ Axborot xizmati